Kelib chiqish taxiriShialar e`tiqodicha yuqorida ismlari zikr etilgan imomlar Payg`ambarimizning "Ahli baytlari bo`lib, Alloh ularni ummatning rahbari qilib tayinlagan. Imomlarning ma`sumliklari uchun biz ularni sevib ularga itoat qilishimiz buyurilgandir. Qur`onda bunday deyiladi: " Aytgin (ey Muhammad), men sizlardan keltirgan ne`matim uchun mukofot so`ramayman, faqat yaqinlarim uchun muhabbatli bo`lishingizni so`rayman , xolos". 16. Imomlar har qanday gunoh va ma`siyatdan pokbo`lib , tafsir, hadis, irfon, adabiyot, aqoid, tarix va boshqa masalalarda ummatning yetakchilaridir. Lekin tarixdan ma`lumki, imomlar doim siyosiy tazyiqlar ostida yashaganlar. Agar islom ummati Payg`ambarimiz vasiyatlariga amal qilganda edi va imomlarga ergashganida, bugungi kunda musulmonlar tafriqaga uchramagan bo`lur edilar. Lekin siyosiy tazyiqlarga qaramay Imomlar Islom dinining asl mohiyatini saqlab qolishda va ilmni rivojlantirishda beqiyos hissa qo`shganlar. 17. shialar e`tiqodicha Ahli baytga ergashmoq hammaga vojibdir. Payg`ambarimiz aytishlaricha, "Ahli bayt bu – Nuh kemasidir, kimki unga minsa to`fondan(fitnadan) omon qoladi va dinida adashmaydi"; boshqa bir hadisda esa (saqalayn hadisi) bunday deyilgan : " Men sizlarga ikkita qimmatli meros qoldiryapman, biri – Allohning kalomi Qur`on, va ikkinchisi esa mening "Ahli baytimdir". Har ikkalasini mahkam tutsangiz hech vaqt adashmassiz. Chunki bular to "Havzi Kavsar"gacha (qiyomatgacha ) bir-biridan ajralmaydi". 18. Shialarning fikricha aqidaviy masalalarda ilmiy borish kerak. Ilmiy munozaralar va samimiy bahslar (Qur`on va Hadisga asoslangan)haqiqatning yuzaga chiqishida muhim omil hisoblanadi. SHIA MAZHABINIG KELIB CHIQISHIShia mazhabining kelib chiqishi Payg`ambarimiz da`vatlarini boshlagan ilk davrlariga borib taqaladi. Chunki ul hazratga "o`z yaqinlaringni ogohlantirgin" mazmunidagi oyat nozil bo`lganda, rasululoh o`z yaqinlarini yig`ib, "kim menga mening ishimda yordamchi bo`ladi?"- deganlarida yosh Ali "men sizning yordamchingizman"- degan edilar. Payg`mbarimiz bu savolni bir necha marta qaytarganlarida, har gal Ali bir xil javob bergan. Payg`ambarimiz kimki mening ishimda menga ko`makchi bo`lsa, mening muovinimdir degandilar. Hz. Ali javob bergach Rasululloh uni "mening davomchim" deb nomladilar. Xatarli hijrat qilish kechasida Rasululloh(SAOV) Abu Bakr bilan xufiyona yo`lga tushishganida, Payg`ambar yotoqlarida Ali yotgan (Payg`ambar ketganlarini mushriklarga bildirmasllik uchun). Bir so`z bilan aytganda hz Ali hamisha fidokorlik bilan Rasulullohning yonlarida bo`lgan. Hazrat Rasululloh rihlatlaridan keyin musulmonlar ikki toifaga ajralib ketishdi. Rasulullohning vasiyatlarini esdan chiqarmagan sahobalar (Abuzar, Salmon Forsi. Miqdod, ibn Abbos va h k z lar) hz. Ali xalifa bo`lishi kerak deb aytishsa, boshqa toifa sahobalar o`zimiz xalifa saylaymiz , deb Abu Bakrni xalifalikka loyiq deb topishdi. (Payg`ambarimizning jon kuydirib aytgan vasiyatlarini musulmonlar hali Payg`ambarning muborak jasadlari sovimasdan juda tez "esdan" chiqarishdi). Usha kunlardan keyin hz.Alining tarafdorlarini "shialar"deb atashgan. Garchi bu nomni shaxsan Nabiyul-akram qo`yganlar. "Ulaika xoyrul bariyyah" oyati nozil bo`lganda aziz Payg`ambarimiz hz.Alining yelkalariga qo`llarini qo`yib, Ali va uning shialari "xoyrul bariyyah" deb marhamat qilganlar. Demak, “shia†so`zining o`zini birinchi bo`lib Alining tarafdorlari haqida Payg`ambarimizning o`zlari qo`llaganlar. Ba`zilarning iddio qilishicha shialar bir necha asr avval (Payg`ambarimizdan ancha keyin ) vujudga kelgan emas. Bizning asrimizga kelib turli firqa va yo`nalishlar ko`payib ketgan bir zamonda “xoyrul bariyyah†bo`lib olganlar baxtlidirlar. Axir ular (ya`ni 12imomlik shialar) Payg`ambarimiz ahli baytlariga ergashganlardir . XUDOSHUNOSI – ALLOHNI TANISHBu yerda biz Allohni yaxshiroq tanish uchun shuningdek mantiqiy, anglagan holda ibodatlarimizni amalga oshirishimiz uchun quyidagi bahsga e`tiboringizni qaratmoqchimiz. Shu maqsadda bahsimizni bir necha qismlarga bo`lib qarab chiqamiz. 1.Olamga tafakkur bilan nazar tashlash – Xudoning mavjudligiga dalolat qiladi; 2. Insonning olam bilan bo`lgan munosabatiga boshqa bir nazar; 3. Zot va sifat;
|