Kelib chiqish taxiri12 IMOMLIK SHIA MAZHABI HAQIDA UMUMIY MA`LUMOTLARSHIALARDA USUL DIN1. Tavhid (Allohning yagonaligi) 2. Nubuvvat (Payg`ambarlarga imon) 3. Adolat ilohi (Alloh adolatli zotdir) 4. Imomat (Ummatga yetakchilik qilish ilohiy mansabdir) 5. Maod (qiyomat va qayta tirilish) Shia mazhabida yuqorida sanab o`tilgan usullar e`tiqodning negizini tashkil etadi. Boshqa islomiy mazhablarining usul dinidan farqli shia aqoidida Adolat ilohiy va Imomat ham usullardan biri hisoblanadi. Adl ilohiy haqida islomiy mazhablar orasida ixtilof mavjuddir. “Ashoiriya†, “Mo`tazila†va Shia mazhablari adl ilohiyga nisbatan bo`lgan etiqodlariga ko`ra ikki yo`nalishdadirlar. Adolat ilohiyga etiqod qiluvchi guruh (shia va mo`tazila) “adliyya†nomini olgan. Bunga etiqod qilmagan guruh esa “ashoira†nomini olgan. Shuni ta`kidlab o`tish kerakki, Ashoira ham Allohning adolatiga etiqod qiladi. Lekin gap shundaki, ular bu natijaga aqlan emas, balki Qur`on oyatlariga asoslanib aytadilar. Lekin adliyyalar esa, Allohning adolatini aqlga suyanib kashf etganlar. Boshqa so`z bilan insonning aqli Allohning adolatini tushunib yetishga qodir. “Adolat†so`zi arabchadan olingan bo`lib, tenglik, barobarlik deganidir. Istilohan esa zulm qilmaslik ma`nosini bildiradi. Alloh Taoloning hamma sifatlari (albatta sifati subutiya nazarda tutilgan) Xudovandning adolatidan kelib chiqqandir. Masalan, Razzoq (rizqlantiruvchi) sifatini olib qarasak, maxluqni yaratgan Xoliq rizqini ham yetkazadi va bu Uning adolatining taqozosidir. Yoki amali solihning ajri va gunohlarning azobi , bular ham Allohning adliga muvofiqdir. Xullas, Allohning har bir tadbiri uning ayni adolatidir. Shuning uchun adolat ilohiy dinda usul qilib olingan. Bundan tashqari adolatning usul qilib olinishi odamlarning o`zaro bo`ladigan aloqalarida ta`sir qiluvchi omil bo`lib qoladi. Shialarning etiqodicha, Rasululloh ummatni o`z holiga tashlab qo`yib tark qilgan emaslar, balki ummat uchun rahbar tayinlab keyingina bu yorug` dunyoni tark qilganlar. Albatta ummatga rahbar ya`ni imom ta`yin etish Alloh tarafidan bo`lgan amrdir. Shuning uchun imomatga etiqod qilish islom aqoidining (shialarda) usullaridan biridir. Shuni ham aytib o`tish kerakki, ummatga yetakchilik yani imomlik qilish “ismatâ€ni taqozo qiladi. “ismat†tushunchasi haqida ma`lumot beradigan bo`lsak, shuni aytishimiz mumkinki, lug`aviy ma`nosi man` etishdir. Aqoidda esa “ismat†degani har qanday xato va gunohdan pok boshqa so`z bilan aytganda, shariatda gunoh hisoblangan ishlardan poklik- bu ismatdir. Ummatga rahbarlik yoki imomlik qilishdek yuksak sharaf albatta uning egasidan ma`sumlikni talab etishi tabiiy holdir. Imomatga etiqod qilgan musulmon hech vaqt tushkunlikka tushmaydi, chunki biladiki yer yuzi allohning hujjatidan xoli qolmaydi. Har zamonning o`z imomi bo`lib, ummatga (usha zamon talabiga muvofiq) hidoyat mayog`i bo`lib xizmat qiladi. Bizning davrda zamonamizning imomi hazrat Mahdi (Alloh ul zotning zuhurlarini tezlashtirsin). Imomlar haqida batafsilroq suhbat “14 ma`sum†bo`limida keltirilgandir.
|