SOFFOT surasi37.81 . Darhaqiqat, u Bizning mo'min bandalarimizdandir! 37.82 . So'ngra boshqalar (Nuhni inkor etganlar)ni g'arq qilib yubordik. 37.83 . Haqiqatan, Ibrohim ham u (Nuh)ning guruhidandir. 37.84 .Qaysiki, Parvardigoriga sog'lom qalb bilan keldi. 37.85 .O'shanda u otasi va qavmiga: "Nimaga ibodat qilmoqdasizlar?! 37.86 . Allohni qo'yib, soxta ilohlarni istaysizlarmi?! 37.87 .U holda (barcha) olamlarning Parvardigori (jazosi) haqida ne gumoningiz bor?!" - degan edi. 37.88 . Bas, u yulduzlarga tikilib qaradi. 37.89 . So'ngra: "Haqiqatan, men betobman", - dedi. 37.90 . Darhol undan yuz o'girib qaytdilar.
|