SOFFOT surasi37.51 . Ulardan biri deydi: "Mening bir do'stim bor edi. 37.52 U (menga): "Rostdan ham sen (qayta tirilishimizni) tasdiq etuvchilardanmisan? 37.53 . O'lib, tuproq va suyaklarga aylanib ketgan vaqtimizda haqiqatan ham (tiriltirilib) jazolanuvchimizmi?" - der edi. 37.54 . (Jannatdagi birodarlariga): "Sizlar (ham o'sha do'stimning do'zaxdagi holiga) qarayapsizlarmi?" - deydi. 37.55 . So'ng o'zi qarab uni do'zaxning o'rtasida ko'rgach, 37.56 . deydi: "Allohga qasamki, darhaqiqat, sen meni ham halok qilayozgan eding. 37.57 . Agar Rabbimning ne'mati (hidoyati) bo'lmasa edi, albatta, men ham (sen bilan birga do'zaxga) hozir qilinuvchilardan bo'lur edim. 37.58 . (Qani endi menga aytchi), bizlar o'luvchi emas ekanmizmi?! 37.59 . O'sha birinchi o'limimizdan boshqa-ya?! (So'ng) azoblanuvchi ham emas ekanmizmi?! 37.60 . Albatta, mana shu (jannat ne'matlari) ulkan yutuqning o'zidir!
|