SOFFOT surasi37.21 . Mana shu sizlar yolg'on deb o'tgan Ajrim kunidir. 37.22 . (Ey, farishtalar,) zolim (kofir) bo'lgan kimsalar va ularning yoronlarini hamda ibodat qilib o'tgan narsalarini to'plangiz, 37.23 . Allohdan o'zga. Bas, ularni do'zax yo'liga boshlangiz. 37.24 . (Ammo farmonim bo'lguncha) ularni to'xtatib (do'zaxga tashlamay) turinglar! Chunki, ular (qilmishlari to'g'risida) so'raluvchidirlar. 37.25 . (Ularga deydilar): "Nega bir-birlaringizga yordam bermayapsizlar?!" 37.26 . Yo'q, ular bu Kunda taslim bo'luvchidirlar! 37.27 . Ularning ba'zisi ba'zisiga qarab savoljavob qilurlar: 37.28 . (Aldanganlar o'z peshvolariga): "Haqiqatan, sizlar bizlarga o'ng tomondan (ya'ni, ishonchli tomondan) kelar edinglar", - deydilar. 37.29 .(Peshvolar) ayturlar: "Yo'q, sizlar o'zlaringiz mo'min bo'lmagan edinglar. 37.30 . (Axir) bizlar uchun sizlarning ustingizdan hukmronlik yo'q edi-ku! Yo'q, sizlar o'zlaringiz haddan oshuvchi qavm edingizlar.
|