SOFFOT surasi37.31 .Bas, endi bizlarga Parvardigorimizning So'zi (azobi) muqarrar bo'ldi. Bizlar (uni) totuvchidirmiz. 37.32 . Chunki, bizlar yo'ldan ozuvchi bo'lganimiz sababli sizlarni ham yo'ldan ozdirdik". 37.33 . Bas, albatta, ular (ozganlar va ularning peshvolari) o'sha Kunda azobda sherik bo'luvchidirlar. 37.34 . Darhaqiqat, Biz jinoyatchilarga mana shunday (ish) qilurmiz. 37.35 . Chunki, ularga: "Allohdan o'zga iloh yo'q",deyilganda, kibrlangan edilar. 37.36 . Ular: "Hali bizlar bir majnun shoirni deb ilohlarimizni tark etar ekanmizmi?" - der edilar. 37.37 . Yo'q, (Muhammad) haq (din)ni olib keldi va (o'tgan) barcha payg'ambarlarni tasdiq etdi. 37.38 . (Ey, jinoyatchilar,) sizlar, albatta, alamli azobni totuvchidirsizlar! 37.39 . Sizlar faqat qilib o'tgan jinoyatlaringiz sababli jazolanursizlar. 37.40 . Illo, Allohning shunday ixlosli bandalari bordirki,
|