SOFFOT surasi37.141 . Bas, (kemadagilar bilan) qur'a tashlashdi va mag'lub bo'ldi. 37.142 . Bas, malomatga qolgan holida uni bir nahang baliq yutib yubordi. 37.143 . Bas, agar u (Allohga doimo) tasbeh aytuvchilardan bo'lmaganda, 37.144 . albatta, u (baliq) qornida, to qayta tiriladigan kunlarigacha (qiyomatgacha), qolib ketgan bo'lur edi. 37.145 . Bas, Biz uni xasta holida quruqlikka uloqtirdik. 37.146 . Uning ustida (soya tashlab turishi uchun) qovoq daraxtini undirib qo'ydik. 37.147 . Biz uni yuz ming, balki undan ham ko'proq (odam)ga payg'ambar qildik. 37.148 . Bas, ular (Yunusga) imon keltirdilar. So'ng Biz ularni (ma'lum) bir muddatgacha (ajallari yetguncha hayotdan) bahramand etdik. 37.149 . Endi, (ey, Muhammad, Makka kofirlaridan) so'rang-chi, qizlar (farishtalar) Parvardigoringizniki-yu, o'g'illar ularnikimi?! 37.150 .Yoki Biz farishtalarni ularning guvohliklarida qiz qilib yaratibmizmi?!
|