SOFFOT surasi37.161 . (Ey, Makka ahli,) shak-shubha yo'qki, sizlar ham, sig'inayotgan butlaringiz ham 37.162 . (Alloh)ga qarshi fitnaga soluvchi (alday oluvchi) emasdirsizlar, 37.163 . illo, Allohning taqdirida do'zaxga kiruvchi bo'lgan kimsalarnigina (alday olursizlar). 37.164 . (Farishtalar dedilar): "Bizlarning har birimiz uchun (osmonlarda) aniqki, ma'lum bir maqom bordir. 37.165 . Darhaqiqat, bizlar (Alloh xizmatida) saf tortib turuvchilardirmiz. 37.166 . Yana, bizlar (Allohga) tasbeh aytuvchilardirmiz". 37.167 . Darvoqe, (Makka ahli) aytar edilar: 37.168 . "Agar bizning oldimizda ham avvalgilar(ning kitoblari)dan biror eslatma (Kitob) bo'lsa edi, 37.169 . albatta, bizlar ham Allohning ixlosli bandalari bo'lur edik". 37.170 . Bas, (Qur'on nozil bo'lgach,) unga kofir bo'ldilar. Bas, yaqinda (buning oqibatini) bilurlar.
|