SOFFOT surasi37.11 . Bas, (ey, Muhammad, Makka kofirlaridan) so'rang-chi, ular(ni) yaratish qiyinroqmi yoki Biz yaratgan narsalarnimi?! Zotan, Biz ularni (Odamni) yopishqoq loydan yaratgandirmiz. 37.12 . Balki Siz (ulardan) taajjubdadirsiz, (ammo) ular esa masxara qilurlar. 37.13 . Ularga (Qur'on bilan) nasihat qilinsa, nasihatni olmaslar. 37.14 . Biror mo''jizani ko'rsalar, (imon keltirish o'rniga) yanada ziyodaroq masxara qilurlar 37.15 . va derlar: "Bu faqat aniq sehrdir. 37.16 . Bizlar o'lib, tuproq va suyaklarga aylanib ketganimizda (rostdan ham), yana qayta tiriluvchi ekanmizmi?! 37.17 . Avvalgi (o'tib ketgan) ota-bobolarimiz ham-a?! 37.18 . (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "O'a! Sizlar (o'sha kuni) xor bo'luvchidirsizlar!" 37.19 . U (ya'ni, qayta tirilish) faqatgina (Isrofilning suri bilan chalinuvchi) bir qichqiriqdir, xolos, bas, ular (qayta tirilib, hukmga) qarab tururlar. 37.20 . "Holimizga voy! Bu jazo kuni-ku!" - deb qolurlar.
|