Tahe surasi20.31 . U bilan belimni baquvvat qilgin. 20.32 . Va uni ishimda (ya'ni, payg'ambarlik ishida) sherik qilgin. 20.33 . Toki, Biz Senga ko'proq tasbeh aytaylik 20.34 . va Seni ko'proq yod etaylik. 20.35 . Albatta, Sen bizni ko'ruvchi zotsan". 20.36 . (Alloh) aytdi: "So'ragan narsang senga ato etildi, ey, Muso! 20.37 . Biz senga (go'daklik chog'ingda ham) bir karra in'om etgan edik. 20.38 . O'shanda onangga (shunday) vahiy yuborgan edik: 20.39 . - "Uni (Musoni) sandiqqa solib, daryoga tashlagin. Bas, uni daryo (to'lqini) sohilga otsin. (Shunda) uni Mening ham, uning ham dushmani (Fir'avn) ushlab olur". (Ey, Muso, barchaga suyukli bo'lishing) va Mening ko'z o'ngimda (himoyamda) o'sishing uchun senga o'z tomonimdan muhabbat (joziba) tashladim. 20.40 . O'shanda opang seni daryodan ushlab olgan kishilar ortidan yurib: "Sizlarni bu (bola)ga kafil (emizadigan ayol) oldiga boshlab boraymi", deganlarini (eslagin)! So'ng Biz seni ko'zlari quvonsin, g'amgin bo'lmasin, deb onangga qaytargan edik. (Yigitlik chog'ingda) bir jonni o'ldirib qo'yganingda, Biz seni bu g'amdan ham qutqargan edik. (Keyin) Biz seni ko'p sinovlar bilan sinab ko'rdik. Madyan ahli orasida ham (necha) yillar turding, so'ngra (payg'ambarlik uchun belgilab qo'yilgan) muddat bo'yicha (bu yerga) kelding, ey Muso!
|