Tahe surasi20.21 . (Alloh) dedi: "Uni ol! Qo'rqmagin, Biz uni avvalgi holiga qaytarurmiz. 20.22 . Qo'lingni qo'ltig'ingga tiqqin, u hech qanday yomonliksiz oppoq bo'lib chiqur. (Bu) yana bir boshqa mo''jizadir. 20.23 . Biz senga katta mo''jizalarimizni ko'rsatish uchun (shunday qildik). 20.24 . (Endi) Fir'avnning huzuriga bor! Haqiqatan, u haddan oshdi ("Xudoman" deb da'vo qildi)". 20.25 . (Muso) dedi: "Ey, Rabbim, bag'rimni keng qilgin, 20.26 . ishimni oson qilgin, 20.27 . tilimdan tugunni (duduqlikni) yechib yuborgin, 20.28 . (toki) ular (qavmim) gapimni anglasinlar. 20.29 . Menga o'z ahlimdan vazir qilgin. 20.30 . Ya'ni, birodarim Horunni.
|