Tahe surasi20.91 . Ular: "To bizga Muso qaytmagunicha, unga (ma'budaga) sig'inishdan sira tinmaymiz", - degan edilar. 20.92 . (Muso qaytib kelgach) dedi: "Ey, Horun, ularning adashganlarini ko'rganingda (to'xtatib qolishdan) seni nima to'sdi?! 20.93 . Mening ortimdan nega bormading? Amrimga itoatsizlik qildingmi?!" 20.94 . (Horun) dedi: "Ey, onamning o'g'li, sen mening sochimdan ham, soqolimdan ham tutmagin! Men (ortingdan borsam) "Mening so'zimni kutmay, Isroil avlodini bo'lib yuboribsan" deyishingdan qo'rqdim". 20.95 . (So'ngra Muso Somiriyga qarab): "Bu qilig'ing nimasi, ey, Somiriy?" - dedi. 20.96 . U aytdi: "Men ular ko'rmagan narsani ko'rdim. Bas, elchi (Jabroil)ning izidan bir siqim olib, uni (buzoqning haykaliga) sochgan edim (undan tirik buzoq kabi ovoz chiqdi). Nafsim ana shunday qilishni menga chiroyli ko'rsatdi". 20.97 . (Muso) dedi: "Bas, ket! Endi sen uchun hayotda "(Menga) tegish yo'q!" deyishgina qolur. Oxiratda esa sen uchun sira xilof qilinmaydigan bir va'da (azob) bordir. Sen ustidan jilmay sig'inayotgan "ilohing" (holi)ni ko'rib qo'y! Biz, albatta, uni yondirib, so'ngra (kulini) dengizga sochib yuborurmiz". 20.98 . Ilohingiz Allohdirki, undan o'zga iloh yo'q, U barcha narsani o'z ilmi bilan qamrab olgandir. 20.99 . (Ey, Muhammad,) Biz Sizga o'tib ketgan (avlod)lar xabarlarini shu tarzda so'zlab berurmiz. Shuningdek, (Biz) Sizga o'z dargohimizdan zikr (Qur'on) keltirdik. 20.100 . Kim undan yuz o'girsa, bas, albatta, u qiyomat kunida yuk (gunoh)ni ko'tarur.
|