SOD surasi38.71 . Eslang, Rabbingiz farishtalarga degan edi: "Albatta, men loydan bashar yaratuvchidirman. 38.72 . Bas, qachonki, uni rostlab, unga ruhimdan puflaganimdan so'ng, unga sajda qilgan hollaringizda yiqilinglar!" 38.73 . Bas, farishtlarning barchalari jam bo'lib, (Odam uchun) sajda qildilar. 38.74 . Faqat Iblisgina kibrlanib, kofirlardan bo'ldi. 38.75 . (Shunda Alloh) dedi: "Ey, Iblis, "qo'lim" bilan yaratgan narsaga sajda qilishdan seni nima man etdi?! Kibr qildingmi yoki sen (Odamga nisbatan) oliy (zot)lardan edingmi?!" 38.76 . U aytdi: "Men undan yaxshiroqdirman. Meni olovdan yaratgansan, uni esa loydan yaratding". 38.77 . (Alloh) dedi: "Bas, undan (jannatdan) chiq! Zero, sen (dargohimdan) quvilgan (mal'un)san! 38.78 . Yana, to jazo kuni (qiyomat)gacha senga Mening la'natim bo'lur". 38.79 . (Iblis iltijo qilib) dedi: "Parvardigorim, u holda menga ular tiriladigan kungacha (o'lmaslikka) muhlat bergin". 38.80 . (Alloh) dedi: "Sen muhlat berilganlardandirsan 38.81 . ma'lum vaqt kunigacha (qiyomatgacha)". 38.82 . (Iblis) aytdi: "Endi, Sening qudratingga qasamki, albatta, ularning hammasini yo'ldan ozdirurman. 38.83 . Faqat ularning orasidagi (ayrim) ixlosli bandalaringgina (ozmay qolurlar)". 38.84 . (Alloh) dedi: "Haqqa (qasam). Faqat haqni ayturmanki, 38.85 . albatta, Men jahannamni sen va ular orasidagi barcha senga ergashgan kimsalar bilan to'ldirurman!" 38.86 . (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Men (Payg'ambarligim uchun) sizlardan haq so'ramayman va men (payg'ambarlikni o'zimcha) da'vo qiluvchilardan ham emasman. 38.87 .(Ushbu Qur'on) faqat olamlar uchun eslatmadir. 38.88 . Qasamki, sizlar uning (ilohiy vahiy ekanligi haqidagi) xabarini (ozgina) vaqtdan so'ng (Qiyomat kuni), albatta, bilursizlar".
|