SOD surasi38.41 . (Ey, Muhammad,) bandamiz Ayyub Parvardigoriga nido qilib: "Meni shayton mashaqqat va azobga tutdi", - degan paytini eslang! 38.42 .(Shunda unga aytildi): "Oyog'ing bilan (yerni) tepgin! (chashma otilib chiqur). Mana shu sovuqqina cho'miladigan va ichimlik suvidir". 38.43 . Biz O'z tomonimizdan marhamat ko'rsatib hamda aql egalariga eslatma bo'lishi uchun, (Ayyubga) ahli (oilasi)ni va ular bilan qo'shib, yana o'shalarning mislicha (farzand) ato etdik. 38.44 .(Yana Biz Ayyubga aytdik): "Qo'lingga bir bog' (novdani) olib, u bilan (xotiningni) urgin - qasamingni buzmagin". Darhaqiqat, Biz (Ayyubni) sabr qiluvchi deb topdik. U naqadar yaxshi bandadir! Haqiqatan, u (Alloh yo'liga) butunlay qaytuvchidir! 38.45 . (Ey, Muhammad,) quvvat va farosat egalari bo'lgan bandalarimiz - Ibrohim, Ishoq va Ya'qublarni eslang! 38.46 . Biz ularni (bir) xislat - (oxirat) diyori eslatmasi bilan xos qildik. 38.47 . Yana ular Bizning huzurimizda tanlangan, yaxshi kishilardandir. 38.48 . Yana Ismoil, al-Yasa' va Zul-Kiflni eslang! Barchalari yaxshi kishilardandir. 38.49 . Bu bir eslatmadir. Shubhasiz, taqvodor zotlar uchun go'zal oqibat - 38.50 . ular uchun barcha darvozalari ochib qo'yilgan mangu jannatlar bordir.
|