SOD surasi



38.51 . Ular u joylarda (so'rilarda) suyanib o'tirib, mo'l-ko'l meva-cheva va sharob chaqirurlar.

38.52 . Ularning oldilarida ko'zlari (boqishda) cheklangan (yosh va husnda) tengqur (qiz)lar bo'lur.

38.53 . Bu (narsalar) sizlarga O'isob kuni uchun va'da qilinayotgan narsalardir.

38.54 .Albatta, bu Bizning (jannat ahliga beradigan) rizqimizdirki, unda tugashlik bo'lmas.

38.55 . (Haqiqat) shudir. Darvoqe, haddan oshuvchi kimsalar uchun eng yomon oqibat -

38.56 . ular tushadigan jahannam bordir. Bas, naqadar yomon joy u!

38.57 . Mana bu qaynoq suv va yiringdir! Bas, ular uni totib ko'rsinlar!

38.58 . Boshqa (azob-uqubatlar) ham, o'sha shaklda bo'lur!

38.59 . (Ularga ergashgan kimsalarni ko'rsatilib): "Mana bu (odamlar) sizlar bilan birga (sizlar sababli jahannamga) tashlanuvchi jamoatdir", (deyilganida, peshvolar ayturlar):"Xush kelmadilar! Haqiqatan, ularning o'zlari do'zaxda toblanuvchilardir".

38.60 . Ular (ergashganlar) deydilar: "Yo'q, sizlar xush kelmadingiz! (Chunki), sizlar u (azob)ni bizlarga keltirdingiz! Bas, naqadar yomon qarorgoh (bu do'zax)!"



back 1 2 3 4 5 6 7 8 next