SOD surasi



38.11 .(Ey, Muhammad, Makka mushriklari) o'sha yerning o'zida yengilib bituvchi firqalardan bir qo'shindir, xolos.

38.12 . Ulardan ilgari ham Nuh qavmi, Od (qabilasi) va qoziqlar (ahromlar va qasrlar) egasi bo'lgan Fir'avn (ham payg'ambarlarni) yolg'onchiga chiqargandilar.

38.13 . Shuningdek, Samud (qabilasi), Lut qavmi va daraxtzor egalari ham. Ana o'shalar (ham) firqalardir.

38.14 . Barchalariga faqat payg'ambarlarni inkor etganlari sababli Mening jazoyim muqarrar bo'ldi.

38.15 . Ana o'shalar hech to'xtamasdan keladigan birgina qichqiriqni kutmoqdalar, xolos.

38.16 . Ular (Makka mushriklari masxara qilishib): "Parvardigoro, bizlarga (va'da qilingan azobdan) nasibamizni O'isob kunidan ilgari tezroq keltira qolgin", - dedilar.

38.17 .(Ey, Muhammad,) Siz ular aytayotgan so'zlarga sabr qiling va Bizning bandamiz - (toat-ibodatda) baquvvat bo'lgan Dovudni eslang! Darhaqiqat, u (Alloh yo'liga) butunlay qaytuvchidir!

38.18 . Biz tog'larni kechki payt va ertalab (mudom) u bilan birga tasbeh aytadigan qilib, bo'yin sundirib qo'ydik.

38.19 .Shuningdek, (har tarafdan) to'planuvchi qushlarni ham. (Tog'lar va qushlarning) barchalari Dovudga butunlay qaytuvchidir.

38.20 . Uning hukmronligini ham mustahkam qildik va unga hikmat hamda qat'iy xitob (haqqoniy hukm chiqarishni) ato etdik.



back 1 2 3 4 5 6 7 8 next