SOD surasi38.61 . Ular (yana) derlar: "Parvardigoro, kim bizlarga mana shu (azob)ni keltirgan bo'lsa, bas, O'zing unga do'zaxda azobni bir necha barobar ziyoda qilgin". 38.62 . (Jahannam ahli bir-birlariga) ayturlar: "Nega bizlar (dunyoda) yomonlardan deb hisoblab yurgan kishilarni (mo'minlarni do'zaxda) ko'rmayapmiz-a?! 38.63 . Bizlar o'shalarni masxara qilib olgan edikmi?! Yoki (ular shu yerda-yu,) ko'zlarimiz ulardan chalg'idimikan?!" 38.64 . Albatta, do'zax ahlining ana shunday tortishishlari muqarrar haqdir. 38.65 . (Ey, Muhammad,) ayting: "Men faqat (bir) ogohlantiruvchidirman. Yagona va g'olib Allohdan o'zga iloh yo'q. 38.66 . U osmonlar va Yerning hamda ularning o'rtasidagi bor narsaning qudratli va mag'firatli Parvardigoridir". 38.67 . Ayting: "Bu (so'zlar) buyuk bir xabardir. 38.68 . Sizlar esa undan yuz o'giruvchidirsizlar! 38.69 . Menda bahslashayotgan oliy guruh (farishtalar) haqida hech qanday bilim yo'q edi. 38.70 . Menga faqat o'zimning aniq ogohlantiruvchi ekanligim vahiy qilinadi, xolos".
|