SOD surasi



38.1 . Sod. Zikr manbai bo'lmish Qur'onga qasam!

38.2 . Ha, kofir bo'lgan kimsalar (haqiqatni qabul qilishdan) g'ururda va muxoliflikda (doimiy)dirlar.

38.3 . Biz ulardan ilgari qancha avlodni (kufrlari sababli) halok qilganimizda ular yordam so'rab nido (iltijo) qilganlar, (ammo u vaqt azobdan) qochib qutulish vaqti emas edi.

38.4 . (Makka mushriklari) ularga o'zlaridan (bashar avlodidan) ogohlantiruvchi (payg'ambar) kelganidan ajablandilar va kofirlar dedilar: "Bu (bir) yolg'onchi sehrgardir.

38.5 . (Shuncha) ilohlarni bitta iloh qilib olibdimi?! Haqiqatan, bu juda qiziq narsa!"

38.6 . Ulardan kattalari (bir-birlariga) dedilar: "Yuringlar, o'z ilohlaringizga (sig'inishda) abrli bo'linglar! Albatta, bu iroda etilgan narsadir.

38.7 . Bizlar bu haqda (tavhid haqida) so'nggi dinda eshitmaganmiz. Bu faqat bir uydirmadir.

38.8 . Bizlarning oramizda (zodagonlar turib) o'sha (Muhammad)ga zikr (Qur'on) nozil qilinibdimi?!" Ha, ular Mening eslatmam (Qur'on)dan shak-shubhadadirlar. O'a, ular hali Mening azobimni totib ko'rganlari yo'q.

38.9. Yoki ularning oldilarida qudratli va saxovatli Rabbingizning rahmat xazinalari bor ekanmi?!

38.10 . Yoki osmonlar va Yerning hamda ularning o'rtasidagi (bor) narsalarning hukmronligi ularniki ekanmi?! U holda (ko'k sari) narvonlarga chiqaversinlar!



1 2 3 4 5 6 7 8 next