AHZOB surasi33.61 . la'natga duchor bo'lgan hollarida. (U paytda) ular qayerda topilsalar, ushlanurlar va qirib tashlanurlar. 33.62 . (Bu) ilgari o'tgan zotlar xususidagi Allohning yo'lidir. Allohning yo'lini esa sira o'zgartirilgan topmassiz. 33.63 . Odamlar Sizdan qiyomat (qachon bo'lishi) haqida so'raydilar. "U haqdagi ma'lumot faqat Allohning huzuridadir", - deb ayting. Qayerdan bilursiz, ehtimol, qiyomat yaqinda bo'lar. 33.64 . Albatta, Alloh kofirlarni la'natladi va ular uchun do'zaxni tayyorlab qo'ydi. 33.65 . (Ular) na biror do'st va na biror yordamchi topmagan hollarida u joyda mangu qolurlar. 33.66 . Yuzlari olovda aylantiriladigan kunda, ular: "Koshki edi, Allohga itoat etganimizda, payg'ambarga itoat etganimizda", - derlar. 33.67 . Yana ular: "Parvardigoro, darhaqiqat, bizlar boshliqlarimizga va kattalarimizga bo'yin sundik, bas, ular bizlarni (to'g'ri) yo'ldan ozdirdilar. 33.68 . Parvardigoro, ularga azobni ikki hissa qilib bergin va ularni katta la'nat bilan la'natlagin", - deydilar. 33.69 . Ey, mo'minlar, sizlar Musoga ozor bergan kimsalar kabi bo'lmangizlar! Bas, Alloh (Musoni) ular aytgan narsa (ayblar)dan oqladi. U Alloh nazdida obro'li kishi edi. 33.70 . Ey, mo’minlar, Allohdan qo'rqinglar va to'g'ri so'zlanglar! 33.71 . (Shunda Alloh) ishlaringizni o'nglar va gunohlaringizni mag'firat etar. Kimki Allohga va Uning payg'ambariga itoat etsa, bas, u ulug' yutuqqa erishibdi. 33.72 . Biz (bu) omonatni (chin bandalik omonatini) osmonlarga, Yerga va tog'larga taklif etdik, ular uni ko'tarishdan bosh tortdilar va undan qo'rqdilar. Inson esa uni o'z zimmasiga oldi. Darhaqiqat, u (o'ziga) zulm qiluvchi va nodondir. 33.73 . Alloh munofiq va munofiqalarni, mushrik va mushrikalarni jazolash uchun hamda mo’min va mo'minalarning tavbalarini qabul qilish uchun (bu omonatni yukladi). Alloh mag'firatli va rahmli zotdir.
|