AHZOB surasi



33.51 . Siz ulardan o'zingiz xohlagan ayolni qoldirib, o'zingiz xohlagan ayolni o'zingizga hamxona qilursiz. O’zingiz chetlatgan ayollaringizdan birortasini (hamxonalikka) istasangiz, Sizga hech qanday gunoh bo'lmas. Bu ularning ko'zlari quvonishiga, g'amgin bo'lmasliklariga va Siz ularga ato etgan narsaga barchalari rozi bo'lishlariga yaqinroq (yo'l)dir. Alloh sizlarning dillaringizdagi narsani (ham) bilur. Alloh bilimdon va halimdir.

33.52 . (Ey, Muhammad,) Siz uchun bundan so'ng ayollar (ya'ni, uylanishingiz) halol bo'lmas. Garchi (boshqa xotinlarning husni Sizni qiziqtirsa ham ularni (o'z ayollaringizga) almashtirish ham (halol bo'lmas). Illo, Siz ega bo'lgan cho'rilar (haloldir). Alloh barcha narsa ustidan kuzatib turuvchi zotdir.

33.53 . Ey, imon keltirganlar, Payg'ambarning uylariga faqat sizlarni biror taomga chaqirilsagina kiringlar. (O’shanda ham) unga erishishga ko'z tutib turmangizlar, balki chaqirilganingizda kiringiz va taomdan so'ng gapga berilib ketmay, tarqalingiz! Zero, bu Payg'ambarga ozor berur, u esa sizlardan iymanar. Alloh haq (gap)dan tortinmas. Qachonki, sizlar ulardan (payg'ambar ayollaridan) biror narsa so'rasangizlar, parda ortidan so'rangizlar! Mana shu sizlarning dillaringiz va ularning dillariga nisbatan ham tozaroq (ish)dir. Sizlar uchun Allohning payg'ambariga ozor berish va undan keyin ayollariga uylanishingiz hech mumkin emasdir. Chunki, bu Alloh nazdida ulkan (gunoh)dir.

33.54 . Agar sizlar biror narsani oshkor qilsangizlar yoki yashirsangizlar ham, albatta, Alloh barcha narsani biluvchi zotdir.

33.55 . (Payg'ambar ayollari) o'z otalariga, o'g'illariga, og'a-inilariga, og'a-inilarining o'g'illariga, opa-singillarining o'g'illariga, (mo'mina) ayollarga va qo'l ostilaridagi cho'rilarga (hijobsiz ko'rinishlarida) ularga gunoh yo'qdir. (Ey, payg'ambar ayollari), Allohdan qo'rqingizlar! Albatta, Alloh barcha narsaga guvohdir.

33.56 . Albatta, Alloh va Uning farishtalari Payg'ambarga salavot ayturlar. Ey mo’minlar, (sizlar ham) unga salavot va salom aytinglar!

33.57 . Albatta, Alloh va Uning payg'ambariga ozor beradigan kimsalarni Alloh dunyoda ham, oxiratda ham la'natlar va ular uchun xor qiluvchi azobni tayyorlab qo'ygandir.

33.58 . Mo'min va mo'minalarga qilmagan gunohlari bilan ozor beradigan kimsalar bo'hton va aniq gunohni o'zlariga olibdilar.

33.59 . Ey, Payg'ambar, xotinlaringizga, qizlaringizga va mo'minlarning xotinlariga ayting, ustlariga yopinchiqlarini tashlab olsinlar! Mana shu ularning (kim ekanliklari) tanilib, ozorlanmasliklari uchun eng yaqin (uslubdir). Alloh mag'firatli va rahmli zotdir.

33.60 . Qasamki, agar munofiqlar, dillarida buzuqlik bo'lgan kimsalar va Madinada mish-mish tarqatib yuruvchilar (o'z qilmishlaridan) tiyilmasalar, albatta, Biz Sizni ularga qarshi qo'zg'aturmiz, so'ngra ular (Madinada) ozchilikdan boshqasi Siz bilan yonma-yon tura olmay qolurlar,



back 1 2 3 4 5 6 7 next