AHZOB surasi33.41 . Ey, imon keltirganlar, Allohni ko'p zikr qilinglar 33.42 . va erta-yu kech Unga tasbeh aytinglar! 33.43 . U sizlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun sizlarga marhamat ko'rsatadigan zotdir. Uning farishtalari ham (sizlarga mag'firat tilaydilar). U mo’minlarga mehribondir. 33.44 . Unga (Allohga) ro'baro' bo'ladigan kundagi ularga (Allohning) istiqbol so'zi salomdir.Ular uchun ulug' mukofot (jannat) tayyorlab qo'ygandir. 33.45 . Ey, Payg'ambar, darhaqiqat, Biz Sizni (qiyomatda barcha ummatlarga) guvoh bo'luvchi, (jannat xaqida) xushxabar beruvchi va (do'zax azobidan) ogohlantiruvchi etib yubordik. 33.46 . Allohning izni bilan Unga (diniga) da'vat qiluvchi va (yo'l ko'rsatuvchi) nurli chiroq qilib ham. 33.47 . Alloh tomonidan berilajak katta fazl (jannat) haqida mo’minlarga xushxabar bering! 33.48 . Kofirlar va munofiqlarga bo'yin sunmang va ularning aziyatlariga parvo qilmang hamda Allohga tavakkul qiling! Allohning O’zi yetarli vakil (homiy)dir. 33.49 . Ey, mo’minlar, qachonki, sizlar mo’minalarni nikohlaringizga olsangizlar-u, so'ngra ularga "tegish"dan ilgari ularni taloq qilsangizlar, u holda sizlar uchun ularning zimmasida sanaydigan idda yo'qdir. Bas, sizlar ularni (ozgina) bahramand etib, chiroyli kuzatish bilan kuzatinglar! 33.50 . Ey, Payg'ambar, albatta, Biz Sizga mahrlarini bergan juftlaringizni, Alloh Sizga o'lja qilib bergan qo'l ostingizdagi cho'rilaringizni, Siz bilan birga hijrat qilgan amakingizning qizlarini va ammalaringizning qizlarini, tog'angizning qizlarini va xolalaringizning qizlarini yana (har qanday) mo’mina ayolni - agar u o'zini payg'ambarga tortiq etsayu, payg'ambar uni (mahrsiz) o'z niqohiga olishni istasa, (mazkur ayollarni Siz uchun) halol qildik. (Mahrsiz uylanish barcha) mo’minlar uchun emas, xolis siz uchundir. Biz (mo’minlarga) juftlari va qo'l ostilaridagi cho'rilari haqida farz qilgan hukmlarimizni esa aniq bildik. Bu Sizga tanglik bo'lmasligi uchundir. Alloh mag'firatli va rahmli zotdir.
|