Furqan surasi



25.41 . (Ey, Muhammad,) qachonki, ular Sizni ko'rsalar: "Alloh mana shuni payg'ambar qilib yubordimi?!

25.42 . Agar sabr qilib (mahkam turmaganimizda), haqiqatan, u bizlarni ilohlarimizdan ozdirayozdi-ya", - deb Sizni masxara qilurlar. Yaqinda - azobni ko'rgan vaqtlarida, kim yo'ldan ko'proq ozgan ekanini bilib olurlar.

25.43 . Ko'rdingizmi, kim havo(yi nafs)larini iloh qilib olgan bo'lsa, Siz uning ustida muakkal (mas'ul) bo'larmidingiz?!

25.44 . Yoki Siz ularning ko'plarini (haq so'zni) tinglay oladilar yo anglay oladilar deb o'ylaysizmi?! (Yo'q, aslo!) Ular hayvonlarga o'xshaydilar, xolos. Balki, ular yanada yo'ldan ozganroqdirlar.

25.45 . Parvardigoringizning soyani qanday yoyib qo'yganini ko'rmadingizmi?! Agar xohlasa, uni sokin qilib qo'ygan bo'lur edi. So'ngra quyoshni unga (soyaning borligiga) dalil qildik.

25.46 . So'ngra uni astagina O'zimizga tortib olurmiz.

25.47 . (Alloh) sizlar uchun tunni libos (parda), uyquni orom qilib qo'ygan, kunduzni esa (sizlar uchun) jonlanish qilgan zotdir.

25.48 . U O'z rahmati (yomg'iri) oldidan xushxabar qilib shamollarni yuborgan zotdir. Osmondan pok suv (yomg'ir) yog’dirdik.

25.49 . Bu o'lik shahar (yerlarini) tiriltirish va O'zimiz yaratgan ko'plab chorva hayvonlari hamda insonlarni sug'orish uchundir.

25.50 . U (suv)ni eslatma olishlari uchun (odamlar) oralarida taqsimlab qo'ydik, (ammo) odamlarning ko'plari faqat noshukrlikni istadilar.



back 1 2 3 4 5 6 7 next