Furqan surasi



25.21 . Muloqotimizni umid qilmaydiganlar: "Bizlarga (payg'ambarlik uchun) farishtalar tushirilsa edi yoki bizlar Rabbimizni (ko'zlarimiz bilan) ko'rsak edi", - dedilar. Darhaqiqat, ular o'zlariga bino qo'ydilar va haddan juda oshib ketdilar.

25.22 . Ular farishtalarni ko'radigan kunni (qiyomat kunini eslang). O'sha kunda jinoyatchilar uchun (hech qanday) xushxabar bo'lmas. Va (farishtalar ularga) derlar: "(Sizlar uchun xushxabar) butunlay haromdir!"

25.23 . (Zotan) Biz ular qilgan har bir amalga kelib, uni sochilgan to'zon (kabi foydasiz) qilib qo'ygandirmiz.

25.24 . Jannat ahli esa u kunda eng yaxshi qarorgoh va eng go'zal oromgohlarda bo'lurlar.

25.25 . Bulutli osmon yorilib, farishtalar (yer yuziga) tushiriladigan kun (qiyomat)ni eslang!

25.26 . O'sha kunda haqqoniy podshohlik (yolg'iz) Rahmon uchundir. U (kun) kofirlarga ko'p qiyin kun bo'lur.

25.27 . U kunda zolim qo'llarini (barmoqlarini) tishlab (nadomat qilib), der: "Eh, qani edi, men ham payg'ambar bilan bir yo'lni tutganimda!

25.28 . O'lim bo'lsin menga! Qaniydi falonchini do'st tutmaganimda!

25.29 . Aniqki, menga eslatma (Qur'on) kelganidan so'ng, o'sha (falonchi) meni yo'ldan ozdirdi". (U kunda) shayton (o'ziga ergashgan barcha) insonni yordamsiz qo'yuvchidir.

25.30 . Payg'ambar aytdi: "Ey, Rabbim! Darhaqiqat, mening qavmim (Quraysh qabilasi) ushbu Qur'onni tark etdilar".



back 1 2 3 4 5 6 7 next