Furqan surasi25.31 . Biz (Sizdan oldingi) har bir payg'ambar uchun (ham) jinoyatchi kimsalardan mana shunday dushman(lar) ilganmiz. Rabbingizning O'zi yetarli rahnamo va yordamchidir! 25.32 . Kufrda bo'lgan kimsalar: "(Nega bu Qur'on unga payg'ambarga) yaxlit bir to'plam holida nozil qilinmadi?" - dedilar. (Ey, Muhammad,) Biz u (Qur'on) bilan sizning dilingizni ustivor qilish uchun mana shunday (oz-ozdan nozil qildik) va uni tartili bilan o'qib berdik. 25.33 . Ular Sizga (Qur'onni ayblash uchun yuqoridagi kabi) masal (savol) keltirsalar, albatta, Biz Sizga haq (javob)ni va go'zal tafsirni keltirib qo'ydik. 25.34 . Ular yuztuban hollarida jahannam tomonga sudralurlar. Ana o'shalar eng maqomi yomon va yo'ldan ozgan kimsalardir. 25.35 . Qasamki, Biz Musoga Kitob (Tavrot) ato etdik va birodari Horunni u bilan birga vazir etdik. 25.36 . So'ngra dedik: "Bizning oyatlarimizni yolg'onga yo'ygan qavm (Fir'avn va uning qavmi) oldiga boringiz!" Bas, (o'z kufrlaridan qaytishmagach,) Biz ularni (dengizga g'arq qilish bilan) qirib tashladik. 25.37 .Nuh qavmini (eslang)! Qachonki, ular payg'ambarlarini inkor etishgach, Biz ularni g'arq qildik va ularni odamlar uchun ibrat qilib qo'ydik. Yana Biz (bu kabi) zolimlar uchun (oxiratda ham) alamli azob tayyorlab qo'ygandirmiz. 25.38 . Od, Samud (qabilalarini) va quduq egalarini hamda shu oradagi ko'p avlodlarni (eslang)! 25.39 . Barchalariga masallar keltirdik va (gap kor qilmagach), barchalarini butunlay yo'q qilib yubordik. 25.40 . Aniqki, ular (safar kezlarida) shumli yomg'ir (ya'ni, tosh) yog’dirilgan shahardan o'tgandirlar. Axir, ular uni ko'rmasmidilar (ibrat olmasmidilar)?! Yo'q, ular qayta tirilishga umid qilmagan kimsalardir!
|