HIJR surasi15.82 . (Ular) tog'lardan yo'nib, uy yasab tinchgina yurar edilar. 15.83 . Bas, ularni tong pallasida dahshatli qichqiriq tutdi. 15.84 . Ularga qilib yurgan narsalari (tosh qal'alari) foyda bermadi. 15.85 . (Biz) osmonlar va Yerni hamda ularning o'rtasidagi narsalarni faqat haq (hikmat) bilan yaratdik. Qiyomat ham, shaksiz, keluvchidir. Bas, (shunday ekan, siz johillarning aziyatlariga sabr qiling va ularni) chiroyli yuz o'girish bilan tark eting! 15.86 . Albatta, Rabbingizning O'zigina yaratuvchi va biluvchidir. 15.87 . Darhaqiqat, Biz Sizga yetti takrorlanuvchi (yetti oyatli "Fotiha" surasi)ni va Ulug' Qur'onni ato etdik. 15.88 . Ko'zlaringizni Biz u (kofirlardan ayrim) toifalarni bahramand qilgan narsalarga (ya'ni, ularning boyliklariga) tikmang! Ularning (imonsizliklari) ustida g'amgin ham bo'lmang! Mo'minlar uchun qanotingizni quyi tuting (kamtar bo'ling)! 15.89 . (Ularga) ayting: "Albatta, men (sizlarga Allohning azobidan) oshkora ogohlantiruvchiman". 15.90 . Xuddi taqsimlab oluvchilarga nozil qilganimiz kabi, 15.91 . qaysilariki, Qur'onni bo'lak-bo'lak qilib olgan edilar.
|