HIJR surasi15.11 . Ular o'zlariga kelgan har bir payg'ambarni masxara qilmasdan qo'ymas edilar. 15.12 . Shuningdek, uni (masxara qilish kasalligini) barcha jinoyatchilarning dillariga solib qo'yurmiz. 15.13 . (Ular) unga (Qur'onga) imon keltirmaydilar. Holbuki, avvalgilarning yo'llari (tajribadan) o'tgan edi. 15.14 . Bordiyu ularga osmondan bir darvoza ochib qo'ysag-u, undan (osmonga) ko'tarila boshlasalar ham, 15.15 . "Shaksiz, bizlarning ko'zlarimiz bog'lanib qoldi, balki bizlar sehrlanib qolgan qavmdirmiz", - degan bo'lur edilar. 15.16 . (Biz) osmonda burjlar yaratdik va kuzatuvchilar uchun uni (yulduzlar bilan) bezab qo'ydik. 15.17 . Yana uni (osmonni) barcha quvg'in etilgan shaytonlardan muhofaza qildik. 15.18 . Illo (u jinlardan) birortasi (maloikalarning so'zini) yashirincha eshitib olsa, bas, uni ochiq (uchar) yulduz quvib yetar (halok etar). 15.19 . Yerni esa, uni yoydik va unga tog'larni o'rnatdik hamda unda (har yerning o'ziga) mos turli narsalarni (o'simlik va mevalarni) undirdik. 15.20 . Yana unda (yerda) sizlar uchun ham, sizlar rizqlantiruvchisi sanalmaydiganlar uchun ham tirikchilik (rizqu-nasibalar)ni yaratib qo'ydik.
|