HIJR surasi15.21 . Har bir narsaning xazinalari Bizning dargohimizdadir. Biz u narsalarni ma'lum o'lchov bilan (sizlarga) tushirurmiz. 15.22 . Biz shamollarni (bulutlarga) "homilador" bo'lgan holida yubordik, osmondan suv (yomg'ir) yog'dirib, sizlarni u bilan sug'ordik. Sizlar uni g'amlab oluvchi emassiz. 15.23 . Albatta, Biz (barcha jonzotni) tiriltirurmiz va o'ldirurmiz. Biz - vorislardirmiz. 15.24 . Biz sizlardan ilgari o'tganlarni bildik. Biz yana keyin keluvchilarni ham bildik. 15.25 . Albatta, Rabbingizning O'zi (qiyomat kuni) ularni to'plar. Albatta, U hikmat va bilim sohibidir. 15.26 . Biz insonni (Odam Atoni) qora balchiqdan (olib, so'ng) quritilgan loydan yaratganmiz. 15.27 . Jinni (ya'ni, Iblisni) esa (Odamdan) ilgari qizigan olovdan yaratgan edik. 15.28 . (Ey, Muhammad,) eslang, Rabbingiz farishtalarga: "Men (asli) qora balchiqdan (olib), quritilgan loydan inson yaratuvchiman. 15.29 . Bas, uni tiklab, ichiga O'z (dargohimdagi) ruhimdan kiritganimda, sizlar unga sajda qilgan holingizda yiqilingiz!" - dedi. 15.30 . Barcha farishtalar jam bo'lib, unga (Odamga) sajda qildilar.
|