HIJR surasi15.31 . Faqat Iblis sajda qiluvchilar bilan birga bo'lishdan bosh tortdi. 15.32 . (Shunda Alloh) dedi: "Ey, Iblis, senga ne bo'ldiki, sajda qiluvchilar bilan birga bo'lmading?" 15.33 . (U) aytdi: "Men qora balchiqdan olib, (odam surati berilgach,) quritilgan loydan Sen yaratgan basharga sajda qiluvchi emasman". 15.34 . (Alloh) dedi: "Bas, undan (jannatdan) chiq! Endi sen, (Mening dargohimdan) quvilgan - mal'unsan. 15.35 . To jazo kuni (qiyomat)gacha senga la'nat bo'lur". 15.36 . (U) dedi: "Ey, Rabbim, u holda menga (ular) qayta tiriladigan kungacha muhlat bergin". 15.37 . (Alloh) dedi: "Bas, sen muhlat berilganlardansan 15.38 . ma'lum vaqt (qiyomat) kunigacha". 15.39 . (Iblis) aytdi: "Ey, Rabbim, qasamki, endi meni yo'ldan ozdirganing sababli, albatta, ularga (Odam bolalariga) yerdagi (barcha gunoh ishlarni) chiroyli ko'rsatib qo'yurman va albatta, ularning hammalarini yo'ldan ozdirurman. 15.40 . Illo ularning orasidagi ixlosli bandalaringgina (bundan mustasnodirlar).
|