HIJR surasi



15.61 . Qachonki, Lut oilasiga elchilarimiz kelgach,

15.62 . U (Lut) dedi: "Sizlar notanish qavmsiz".

15.63 . (Ular) dedilar: "Yo'q! (aksincha, biz) senga ular (ya'ni, qavming) shak qilayotgan narsani (Allohning azobini) keltirdik.

15.64 . Biz senga (azobni) haqiqatan keltirdik. Biz, albatta, rostgo'ydirmiz.

15.65 . Endi sen tunning bir qismida oilang bilan yo'lga tush va o'zing ularning ortida yur. Sizlardan biror kishi atrofga alanglamasin va (sizlar) buyurilgan tarafga qarab ketaveringlar!"

15.66 . Biz unga (Lutga) tong paytida ana o'shalar (kofirlar)ning dumi qirqilishi (halok bo'lishi) haqidagi mana shu farmonni vahiy qildik.

15.67 . Shahar aholisi (mehmonlarni eshitib) xursand bo'lgan hollarida keldilar. (Chunki ular bachchabozlik illatiga mubtalo bo'lgan edilar.)

15.68 . (Shunda Lut) dedi: "Bu (yigit)lar mening mehmonlarimdir. Meni sharmanda qilmanglar.

15.69 . Allohdan qo'rqinglar! Meni rasvo qilmanglar!"

15.70 . Aytdilar: "Biz seni barcha olam (odamlarni himoya qilish)dan qaytarmaganmidik?!"



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 next