HIJR surasi15.1 . Alif, Lom, Ro. Ushbu (oyat)lar Kitob va aniq Qur'onning oyatlaridir. 15.2 . Kofir bo'lganlar hali (qiyomat kuni) musulmon bo'lishni istab qolurlar. 15.3 . (Ey, Muhammad,) ularga qo'yib bering, yesinlar, foydalansinlar va orzular ularni mashg'ul qilaversin. Bas, yaqinda (qilmishlarining oqibatini) bilib olurlar. 15.4 . Biror shahar (aholisi)ni uning uchun ma'lum muddat o'tmaguncha halok qilmaganmiz. 15.5 . Biror ummat o'z ajalidan ilgari keta olmaydi va (undan) kechikmaydi ham. 15.6 . Ular (Makka kofirlari Muhammadga) aytadilar: "Ey, zikr (Qur'on) nozil qilingan kishi, darhaqiqat, sen majnunsan. 15.7 . Agar (da'voingda) rostgo'ylardan bo'lsang, bizga farishtalarni keltirgin-chi?!" 15.8 . Biz esa farishtalarni faqat haq (hikmat) bilangina tushirurmiz va bu holda ular (kofirlar)ni kutib turilmas (halok qilinurlar). 15.9 . Albatta, bu zikrni (ya'ni, Qur'onni) Biz O'zimiz nozil qildik va uni O'zimiz asraguvchimiz! 15.10 . Biz Sizdan oldin, avvalgi toifalarga ham (payg'ambarlar) yuborganmiz.
|