Diniy savollarIkkinchidan, Qur`oni Karimning o`zida Alining valiy ekanligiga dalolat qiluvchi oyat bor: Sizlarning voliyingiz faqat Alloh, uning Rasuli va hatto ruku`da turgan holatida ham zakotini ado etuvchi mo`mindir. Moida surasi; 55-oyat 14) Shafoat nima degani? shu haqda yozsangizlar yaxshi bo`lardi.
Javob:
Shafoat islom usullarining biri bo`lib islomiy firqalarning hammasi garchi ba`zi ixtiloflari bilan bo`lsa-da unga e`tiqod qiladi. Shafoat, ya`ni Allohga yaqin bandaning boshqa bandalari uchun mag`firat yoki yuksak martaba so`rashidir. Hazrat Rasulullohص)) bunday marhamat qilganlar: Besh narsani menga Alloh ato etdiki, shulardan biri shafoatdir. Men uni ummatim uchun Qiyomatga asrab qo`yganman. Shafoatning chegaralanganligi. Qur`oniy nazardan olib qaraydigan bo`lsak, shafoat mutlaq, ya`ni behadu-beshart shafoat bo`lmaydi. Shafoat yordam berishi uchun quyidagi shartlar bor: 1- shafoatchi Allohning iznini olgan bo`lishi kerak; bu borada Qur`onda shunday deyilgan: “ Shafoatni Allohdan ahd (izn) olganlargina qila oladiâ€Maryam surasi;87-oyat; “Qiyomatda hech kimning shafoati o`tmaydi, illo agar Allohning iznini olgan bo`lsagina (shafoat qilishi mumkin). TOHO surasi, 109-oyat; 2- Shafoat qilinadigan shaxsning o`zi shu ishga loyiq bo`lishi kerak, chunonchi fosidu-kofirlar, yoki benamozu-belayoqat bandalar shafoat bo`lish huquqiga ega emasdirlar. Qur`onda bunday deyiladi: “Qiyomat kunida ularga (benamoz va munkarlarga) shafoatchilarning shafoati foyda bermasâ€. MUDDASSIR,48; zolimlarga ham shafoat qilinmas: “Zolimlar uchun hech bir shafoatchi bo`lmas†MO`MIN,18; Shafoatning hikmati:
Shafoat ham tavba kabi gunoh va ma`siyat qilgan banda uchun umidbaxsh bir manbadir. Zero to ma`lum darajadagi gunohlar uchun shafoat qilinishi mumkinligini bilgan odam bu haddu-chegaradan chetga chiqmaslikka harakat qiladi va umrining qolgan qismini Allohning rizoligi yo`lida bag`ishlashni diliga tugib qo`yadi. Shafoatning natijasi haqida ulamolar orasida ixtilof bor. Ba`zilar, gunohlarni shafoat qilinadi desa, boshqalari esa martabaning ko`tarilishiga sabab bo`ladi deydilar. Payg`ambarimiz ص)) hadislariga murojaat qilsak birinchi xil nuqtai-nazar to`g`riroqdir. “Albatta mening shafoatim ummatimdagi gunohi kabiralar uchundirâ€-deyiladi.
|