Diniy savollar



Musulmonlarning ul zot rihlatlaridan keyin muhojir va ansor-larning ikkiga bo'linishi sababi:

1. bir guruh Payg'ambarimiz o'zlarining o'rinbosarlarini tayinlab ketganlar , ya'ni Ali ibn Abu Tolibni xalifa qilib tayinlaganlar deb e'tiqod qilishadi. Buguruhga muhojir va ansorning bani Hoshim avlodlari va boshqa buyuk sahobalar, masalan, Salmon Forsi, Abu Zar, Miqdod, Xubob va boshqalar. Albatta “shia” laqabini Payg'ambarimiz o'zlari Alining tarafdorlariga qo'ygan edilar.

“Albatta jonim qo'lida bo'lgan zotga qasamki, mana bu

(Aliga ishora qilib) va uning shialari Qiyomat kunida g'oliblardandir. J.Suyutiy: “Dorul mansur”6-jild: Al-bayyinah surasining tafsirida

Shunday qilib , Islom asrining boshlarida musulmonlarning bir guruhi xalifalik tayin qilingan degan e'tiqodiga ko'ra “shia” deb nomlanganlar. Hozirgi kunda ham shialar mavjud bo'lib Payg'ambarimiz ahli baytlariga itoat qilgan holda yashaydilar. Demak, ba'zi johil yoki g'arazli odamlar aytganidek, shia keyinchalik paydo bo'lgan guruh emas. Bu haqda batafsil ma'lumot olish uchun “اصل الشیعة و اصولها "المراجعات"، "اعیان الشیعة kitoblariga murojat qilish mumkin.

2. ikkinchi guruh musulmonlarining etiqod qilishicha xalifalik bir mansab bo'lib, uni saylov yo'li bilan tayin qilinadi. Bu guruh vakillari Abu Bakrni xalifa qilib saylashgan, va keyinchalik “ahli sunnat” nomini olishgan.shunday qilib umumiy jihatlari ko'p bo'lgan islom ummati ikki qismga ajralib ketdi.

12)Nima uchun shialar Payg'ambar (S.A.O.V)ga salavot aytganingizda va oli Muhammad deb aytishadi?

Javob:

Bu xil salavot aytishni hz. Rasuli Akram(S.A.O.V)ning o'zlari o'rgatganlar. Mana bu oyati sharifa nozil bo'lganda musulmonlar “yo Rasululloh, sizga qanday salavot aytaylik?” deb so'rashdi. Ul zot: menga chala salavot aytmanglar-dedilar. Shunda sahobalar: qanday aytaylik?-deyishganda

اللهم صل علی محمد و علی آل محمد - deb javob berdilar. ya'ni "Allohumma solli alo Muhammad va oli Muhammad "Nozil bo'lgan oyat esa mana bu edi:

Alloh va uning maloikalari “Paygambarga durudu-salavotlar aytur, ey iymon keltirgan bandalar Payg'ambaringizga salavot ayting” Ahzob surasi:56-oyat

13) Nima uchun shialar azon aytayotganda “Ashhadu anna Aliyan Valiyulloh” deb qo`shishadi?

Javob:

Avvalo shuni aytishimiz kerakki, shia faqihlarining hech birisi bu shahodat (ashhadu anna Aliyan Valiyulloh)ni Azonning bir qismi deb hisoblamaydi. Ya`ni na azon va na qomatning bir qismi hisoblanmaydi.



back 1 2 3 4 5 6 next