Diniy savollar5)Manga xudoni tanishtirsangiz man sizni duo qilurman.
Javob:
Agarda siz Allohni tanimasangiz yoki U haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lishni istasangiz Aqoid sahifasiga kiring.Tez kirishni istasangiz. Buyerni bosing 6)Bahodir xoja yashelar saytilar bo'ladi lekin eshitishga hechnarsa qoymapsizlar?
Savolimni biri bu :
O'zbekistonda juda kishishilar odamlar shi'a mazhabidagi insonlarga yomon ko'z bilan qarashadi vapshe Shi'alar kim o'zi iltimos javobni yuboring????!!!!! Rahmat Javob:
Rahmat savolingizga javob yuboramiz.Siz hozir 2 ta savol yubordiz Eshitish uchun bizning saytimizda ko'plap va turli hil narsalarni qo'yganmiz siz ularni Bepul va tekinga yuklab (DOWNLOAD) qilishingiz mumkin. Shialar haqida yomon so'zlar eshitganingizga kelsak, haqiqat hammaga ham yoqavarmasligi va shia mazhabi haq bo'lgani uchun ichi qora johil odamlar bu mazhabni faqat yomonlaydilar. Siz o'zingiz bu mazhab bilan tanishib keyin xulosa qiling. Shi'a Mazhabi bilan tanishingiz yoki ma'limotga ega bo'lishingiz kelsa buyerni bosing! va yoki Shi'a larni tanish kerak bo'lsa buyerni bosing! Va agarda savolingiz yana bo'lsa yoki chinmasangiz bizga muroji'at qiling! Soz@Aalulbayt.Org 7)Payg'ambarlar bizga o'rgatadigan narsalarini bilamizmi yoki yo'qmi?
Payg'ambarlar bizga o'rgatadigan narsalarini bilamizmi yoki yo'qmi? Agar biladigan bo'lsak, unda payg'ambarlarning nima hojatlari bor? Lekin ikkinchi holatda aqlimiz yetmaydigan masalalarda payg'ambarlarga itoat qilishimiz zaruriymi? Boshqa tarafdan qaraganda o'z extiyorimizni birov extiyoriga topshirib qo'yishimiz to'g'ri bo'ladimi? Agar payg'ambarlar ham oddiy odam bo'lsalar ularga itoat qilishning nima foydasi bor? Javob:
1. Bilishimiz kerakki, bizning ilmu-ma'lumotlarimiz juda chegaralangandir. Garchi ilmu-fan taraqqiy etib insoniyatning ilmi ancha rivojlangan bo'lsa-da, biladiganlarimiz bilmaydiganlarimiz oldida dengizdan bir qatra xolos. Boshqacha aytganda bizning ma'lumotlarimiz faqat aqlimiz qudrati yetadigan tor doiradadir, va bu doiradan tashqaridagi ma'lumotlardan butkul bexabardirmiz. Payg'ambarlar o'zlarining ta'limlari bilan ma'lumotlarimiz tor doirasini kengaytiradilar. Darhaqiqat aqlimiz yorug' nur kabi bo'lsa lekin payg'ambarlarning keltirgan vahiylari quyosh kabidir. Qaysi birimiz qo'lidagi fonusga ishora qilib, menga buning nuri yetadi va quyoshga ehtiyojim yo'qdir,-deb ayta oladi? Aniqroq tushuntirmoqchi bo'lsak , dunyodagi hodisalarni uch guruhga taqsim qilishimiz mumkin: ma'qul, noma'qul va noma'lum. Hech qaysi payg'ambar “noma'qul†narsani aytmaydi, agar aqlga zid narsani aytadigan bo'lsa, u holda payg'ambar bo'lmaydi. O'tmishda “aqlimiz bor shuning uchun payg'ambarlarga ehtiyojimiz yo'q†deyishgan bo'lsa , bugungi kunda “fan-taxnika taraqqiy etgan, shuning uchun payg'ambarlarning keragi yo' qâ€- deydiganlar na ilm-fanning ahvolidan boxabardirlar va na payg'ambarlar yuborilishining mohiyatidan xabarlari bor. Ularni birinchi sinfni tugatgan ko'dakka o'xshatish mumkinki “harflarni o'rganib oldim menga o'qituvchining keragi yo'q â€- deb aytadi. Vaholanki ustozga bo'lgan extiyoji ko'paygandir. 2. Hech kim “payg'ambarga itoat qilish- ozodlik va extiyorni qo'ldan chiqarishdir†deb aytmaydi. Hamma masala bundadirki, payg'ambarlar Alloh bilan aloqada bo'lib bizlar jonu-dilimiz bilan ularning ta'limotlarini o'rganib amal qilishimiz zarurdir. Albatta avvalo ularning haqiqiy payg'ambar ekanliklarini isbotlashimiz kerakdir. Agar tajribali shifokorning aytganlarini tuzalishimiz uchun bajaradigan bo'lsak extiyorimizni qo'ldan chiqargan bo'lamizmi? Payg'ambarlar insoniyatning ruhiy shifokorlaridirlar. Yoki agar ustozimizning hikmatli so'zlariga quloq solib aytganlarini bajarsak noma'qul ish qilgan bo'lamizmi? Payg'ambarlar butun insoniyatning buyuk ustozidirlar. Payg'ambarlar yuborilishining naqadar zaruriy ekanligini bilishimiz uchun uchta dalilni ko'rib chiqamiz. 1. Ta'lim jihatdan bo'lgan ehtiyojimiz. Bizlar agar afsonaviy bir kemaga minsak va uning tezligi nur tezligida (300 000km/sek) bo'lsa, bu yorug' jahonning faqat kichik bir qismini tomosha qilishimiz mumkin, u ham agar umrimiz hazrat Nuh (a.s) umrlari kabi uzoq bo'ladigan bo'lsa. Bu keng olam o'zidan-o'zi behudaga yaratilmagandir va shuningdek bu keng olamning borligi Xudovand uchun hech qanday foydasi yo'qdir,chunki Xudovand beniyoz va benihoyatdir. Shunday ekan, bu dunyo unda yashaydigan mavjudotlarning ehtiyojlari va ularni kamolotga yetkazish uchundir. Masalan osmondagi quyosh bizdan behojatdir lekin biz unga muhtojmiz. Bizning quyoshga qanday ham foydamiz tegishi mumkin? Boshqa tarafdan qarasak bizning olgan bilim va ma'lumotlarimiz kamolot sari yetaklab komil inson bo'lishimiz uchun yetarlimi? Biz jahonning siru-asrorlaridan qanchalik boxabardirmiz? Qachongacha bu dunyoda qolajakmiz? Ijtimoiy masalalarda ham hamma donishmandlarning nazariyalari o'zaro ixtilofga egadir. Masalan ba'zilar kapitalizmni tavsiya qilsalar, boshqalar esa sosializm va kommunizmni tavsiya etadilar. Ba'zilar esa har ikkala tuzumni qoralab boshqa narsani tavsiya etadilar. Xuddi shunday ixtiloflar boshqa masalalarda ham mavjuddir. Inson bu nazariyalar qarshisida hayron qoladi. Qaysi biriga ergashish kerakligiga aqli yetmaydi. Shuning uchun odamni kamolotga yetkazadigan xato va kamchiliklardan xoli bo'lgan ta'limotga ehtiyoji bordir. Bunday ta'lim faqat Xudovand ta'limoti bo'lib payg'ambarlar orqali bashariyatga yetkaziladi.
|