Diniy savollar
1)Assalomu alaykum, nima uchun musulmonlar namoz o'qishlari kerak?
Javob:
Hurmatli do'stim! A): Avvalo namoz Alloh buyurgan hukmlaridan biridir. Biz Uning bandalari bo'lganimiz uchun itoat qilishimiz kerak bo'ladi. Ikkinchidan saodatimiz Allohning qo'lida ekanligi uchun namoz o'qisak saodatga erishishimizga umidvor bo'lamiz. Uchinchidan Xudovand namozning ko'p foydalarga ega ekanligini aytgan. Masalan, "namoz fahsh ishlarning oldini oladi",-deyilgan. Musulmon odam iymon keltirgani uchun Islom nomli buyuk qonunlar majmuasi panohida bo'lib, bu qonunlarni bajarishga majburdir. Bu majburiyatni Alloh uning zimmasiga yuklagandir. Qur'oni karimda "Aqiymu solata" deyilgandir (Baqara surasi: 42:83-oyatlar: Niso surasi: 77:103-oyatlar: Yunus surasi 87-oyat: Haj surasi: 78-oyat va ...). bunga qo'shimcha qilib aytishimiz mumkinki, namoz o'qish insonga berilgan ne'matlari uchun Allohi Taologa shukr qilishdir, shuningdek namoz parvardigor qarshisidagi bandalikning izhoridir. Shukur qilish hissi har bir odamning uning dindor yoki dindor emasligidan qat'iy nazar qalbida bordir. Aziz do'stim! Namoz haqida muhim narsa shuki, biz namoz o'qishga qaysi jihatdan nazar tashlashimizdir. Masalan, agar namoz ma'lum bir engashishlar va ba'zi kalimalarni yodlab olib takrorlashdir, desak, u holda namoz bu jismoniy tarbiya elementlarini o'z ichiga olgan bir mashg'ulotdirxolos. Lekin agar namozga boshqa tarafdan chuqurroq nazar soladigan bo'lsak, aytiladigan zikru-tasbehlar ruh ozuqasi, egilish esa parvardigor qarshisidagi tavoze', bu ikkisiga ham inson doim muhtoj bo'lganligi uchun bir kunda bir necha marta bu ishni bajarishga ya'ni namoz o'qishga muhtojligi ayon bo'ladi. Nima uchun biz namoz masalasiga ana shu ma'naviy va ruhiy tarafdan nazar solmasligimiz kerak?! Axir namoz bu – Qodir mutlaq bilan bo'ladigan muloqot-ku. Nima uchun hamma narsaga qodir yagona Xoliq bilan aloqa o'rnatishimiz kerak emas?! Ha, namoz mana shu aloqadir. Inson tabiati taraqqiyotga o'ch bo'ladi, u har taraflama mukammal bo'lishga intiladi. Namoz Xudovand bilan bo'lgan aloqa bo'lgani uchun inson bu aloqa o'rnatishga muhtojdir. Namoz o'qish Alloh qarshisidagi xushu va xizu'dir. Shuningdek olamlar robbisi bilan suhbatdir. Ruku- bu Alloh azamati qarshisida ta'zim qilishdir. Sajda- odamning eng aziz a'zosi peshonani yerga qo'yib parvardigor qarshisidagi xokisorlikdir. Namozdagi tashahhud va salom esa ma'naviy safarning (namozning) avj nuqtasidir. Namozning vasfi haqida kelgan ba'zi rivoyatlarni keltirmoqchimiz. 1. Namoz- mo'min qalbidagi chiroq va roshnolik bo'lsa, islom uchun esa ziynatdir. (Jomeul axbor:82-bet, Zubdahul ulum: 2-jild: 231-bet). 2. Namozning ruhi va maqsadi- Allohni zikr qilish bo'lib, namozxon odamni gunohlardan uzoqlashtirib, yaxshilikklar taraf yetaklaydi. 3. Namoz mushkillarni hal qilishdagi katta bir tayanchdir. (Baqara:152: G'urarul hukam:99-bet). 4. Namoz ihnsonni g'aflatdan uyg'otib, ruhini quvvatlaydi. (G'urarul hukam: 764-bet). 5. Namoz oshiq va mashuqlarning bisolidir. (Gurarul hukam, 404:15-betlar). 6. Namoz xudbinlik va takabburni ketkazadi (Nahjul balog'a: 252-hikmat). 7. Namoz-gunohdan poklanish va ilohiy mag'firatdir. (Vasoilush shia: 3-jild: 7-bet). 8. Namoz o'zining ma'naviyatidan tashqari poklikning sababidir. Nega deganda libosning va makonning pokligi namoz qabul bo'lishining shartlaridan hisoblanadi. 9. Namoz ruhni tartibga odatlantiradi. Chunki har kuni ma'lum bir paytda o'qiladi. Xullas, namozning foydalari haqida juda ko'p misollar keltirishimiz mumkin. Psixologlarning aytishlaricha keyingi paytlarda keng tarqalgan kasalliklarning asosiy qismini ruhiy bezovtalik keltirib chiqaradi. Shuning uchun iymon etiqodli namozxonlar orasida ruhiy tushkunlikka tushish deyarli uchramaydi, chunki ular doimo partvardigor bilan muloqotda bo'ladilar. b) : Namoz ham boshqa ibodatlar kabi ma'lum tartibda qonun-qoidaga bo'ysungan holda o'qilishi kerak. Namoz o'qish yo'lini odamlar ichlaridan to'qib chiqarmagandirlar. Hazrat payg'ambarimiz o'rgatganlarini pok ma'sumlar naql qilishgandir. Bu haqda batafsilroq bilish uchun bizning mu'tabar kitoblarimiz hisoblanmish "Vasoilu shia", "Bihorul anvor", "Alvofiy" kitoblariga murojaat qilishingiz mumkin. Dinda ba'zi masalalar aqliy bo'lib uni aql va tafakkur bilan anglash mumkin. Lekin ibodat masalasi esa aqliy emasdir, shuning uchun uni bajarishni naqllar orqali o'rganamiz.
2)Assalomu alaykum xurmatli taxririyat sizlardan Alloh rozi bulsin
yoshim 24 da , 2ta farzandim bor , turmush urtogimmi ishi tufayli Rossoyaga kelganmizsavolim quyidagicha 1) bis Rossiyada vaqtincha yashaymiz, kvartirada ruramiz rus odamnikida, idish tovoqlaridan, xullas ruzgor anjomlaridan foydalanamiz, musofirchilikda yukni kupaytirmaylik deb turmush urtogim deyarli xech qanday rusgor anjomlarini olmaydi. Endi bu ruslanikiga xususan idishlariga chuchqa guhsti yelmaganiga ishonihs qiyin. Nima qilihshsi bilmay boshim qotdi, qatroni qanaqa buladi , qatron qilsa buladimi uzi? 2)ruzamni 2 yo 3 minut oldin vaqti buldi deb uylab ochib quyibman ,nima buladi , xisobga utadimi yuqmi? 3) bogchalariga bolalarimizzi quysak buladimi ?, u yerda xam chuhcqa guhst berilmasligiga ishonihs qiyin ammojavoblaringizga oldindan tashakkur , Alloh rozi bulsin , javoblaringizni intizorlik bilan kutamiz.
Javob:
Vaalaykum assalom muhtaram singlim, men sizning saytimizga qilgan e'tiboringiz uchun tashakkur aytaman. Savollaringizga kelsak shuni aytishim kerakki,
1. najas gosht (yani cho'chqa goshti) yeyilgan idish nopok hisoblanib uni poklash uchun siz aytgandek yoki vahhobiylar aytadigandek qatron qilish kerak emas. Faqat poklash uchun yeti marta suv bilan yaxshilab yuvib tashlash kifoya qiladi. Lekin birinchi yuvishdan oldin loy bilan yoki tuproq bilan ishqalanadi.
2. ro'zangizga kelganda esa oldindan ochib qo'yilgan ro'zalarni qazo qilish kerak bo'ladi, garchi 2-3 daqiqa oldin ochgan bo'lsangiz ham, shuning uchun ro'za tutganingizda sal kechroq ochsangiz ehtiyotga yaqin bo'ladi.
3. farzandlaringizning oqibatli va oxiratlari obod bo'lishi uchun halol luqma bilan boqishga odatlaning. Shuning uchun najas go'shti beriladigan bog'chalarga bermasligingiz ma'qul. Agar bermaslikning hech iloji bo'lmaydigan bo'lsa Rossiyada qolish masalasini boshqatdan yaxshilab o'ylab ko'ring.Sizga muvaffaqiyat tilaymiz!
3)Assalomu Alaykum Salom Aka ishlaringgiz yahshimi.
Keling men sizga o'zimni tanishtirsam, meni ismim Ravshanbek yoshim 24 da Andijon shaharidan man men hozir USA daman Californiya shtati Hanford shahridaman bu erda men ishlayapman bu erda har-hil millatdan bollar ham bor shunga Musulmonlardan hozircha bitta men qolganlar Hiristiyan dinidan (Avvali OLLOH KECHIRSIN MENI) nehga deganda ularni ham OLLOH yaratgan Hullas aka ular menga ko'p svollar berishadi ko'proq aka bilsanggiz ularni BIBLIYA degan kitabi bor shunga aka keyin mendan Musulmonlarni kitobi KURAN deb so'rashdi shunga aka shularni orasida qanaqa forqi bor aka shu haqida yozib yuborsanggiz aka iltimos aka agar iloji bo'lsa shu BIBLIYAni haqida malumotga u kaysi asrda kelganligini va bizni KURAN kachon kelgan shular haqida yozib yuborsanggiz sizdan katta iltimos ha aytgancha isminggizni ham yozib yuboring Uzbekistonni qaeridanligizi ham 'iltimos iloji bo'lsa hozirgi yashayotgan joyizi telefonini yozib yuboring men telefon qilaman
Hurman bilan Ravshanbek
Javob:
Va alaykum assalom uka. Yozgan savollaringizni oldim, menga qilgan e'tiboringizdan mamnunman. Xo'p javobga keladigan bo'lsak haqiqatdan ham Bibliya yoki ""Injil†masihiylarning muqaddas kitobi hisoblanadi. Bu kitobni Alloh hazrat Iso(a.s) nozil qilgandir va odamlarni haq yo'lga boshlash uchundir. Lekin vaqt o'tishi bilan odamlar (masihiylar) kitoblariga ko'plab o'zgartirishlar kiritishib dinlari haq yo'ldan chetga og'ishgandir. Shuning uchun haq Taolo yangi din Islom dinini Qur'oni karim orqali Hazrat Muhammad (S.A.O.V)ga nozil qildi. Bu din kelgandan keyin oldingi dinlar botil hisoblanadi. Umuman olganda har yangi din o'zidan oldingi dinni komillashtirib oldingi dinga amal qilish botil hisoblanadi, chunki u din aynigani sababli Alloh yangi din yuboradi. Shuning uchun hamma masihiylar va yoki yahudiylar islom diniga (komil va oxirgi din sifatida) iymon keltirishlari zarurdir. Musulmonlar hamma oldingi o'tgan payg'ambarlarga iymon keltiradilar, lekin boshqa dinlar afsuski bunday emas. Masalan yahudiylar hazrat Muso (a.s)dan keyingi hech qaysi payg'ambarga iymon keltirmaysalar, masihiylar hazrat Iso (a.s)dan keyingi payg'ambar hazrat Muhammad (S.A.O.V)GA IYMON KELTIRMAYDILAR. Qur'oni karim va umuman islom dini beshinchi asrda nozil bo'lgandir. Aslida hamma paygambarlar Islomni da'vat qilishgan, ummatlar adashib ketganligi uchun yangi payg'ambarlar yuborilgan. Shuning uchun hazrat Isoning dini noto'g'ri demaymiz, faqat hozirgi kundagi masihiylar dini hazrat Iso keltirgan dinlari emas deymiz. Masalan qanday qilib Iso xudoning o'g'li deb ayta olamiz? Lekin bugungi kundagi masihiylar shu narsaga etiqod qiladilar. Xulosa qilib siz aziz ukamga shu narsani aytmoqchimanki, dini Islomni yaxshi o'rganing va unda mahkam bo'ling. Albatta shu narsani ham aytishim kerakki, ming afsuslar bo'lsinkim, "VAHHOBIYLAR"degan dahshatli guruh paydo bo'lib hozirgi kunda hammaga o'zlarini haqiqiy musulmon qilib ko'rsatishyapti. Vaholanki ularning qilayotgan sanoqsiz jinoyatlari islom dinidan ancha uzoqdadir. Sog' va salomat bo'ling deb akangiz
4)Salolekum.Mange bita mulla akam etilaki namoz o'qishshi o'rganmasen xudoni qahri keladi didilar.
Manga namoz o'qitishni o'rgansangiz man xursan bo'lardim. aytganday man agar machita o'qilmasam hamma manga kuladi.
Javob:
vaalaykumussalom. Sizga mulla akangiz to'g'ri aytibdilar, namoz o'qish har bir banda uchun farzdir, kimda kim bu masalaga be etiborlik qilsa va uzrsiz namoz tark qilsa shubhasiz Alloh azobiga giriftor bo'ladi. shuning uchun sizga namoz o'qishni o'rganing deb aytamiz. lekin masjidga chiqishdanuyalaman, hamma ustimdan kuladi, desangiz sizga shu narsani aytamizki , siz namozni faqat Alloh uchun o'qishingiz kerak va hech kimning gapiga etibor bermang. Kim ustingizdan kuladigan bo'lsa og'ir gunoh qilgan bo'ladi. Agar masjidda namoz o'qisangiz ham uni tezroq o'rganib olasiz va ham ko'proq savob (150 baravar ko'proq)savob olasiz. namozni o'rganishingiz uchun bizning saytimizning ahkomlar bo'limiga kirsdangiz bo'ladi.
|