Diniy savollar8) shia mazhabi aqoidi boshqa islom mazhablari aqidasidan nimasi bilan farq qiladi?
javob:
Shia mazhabi ham bir islom mazhabi bo'lib boshqa islom mazhablaridan ko'p farq qilmaydi. shialarda usul din quyidagilardir: 1. Tavhid (Allohning yagonaligi) 2. Nubuvvat (Payg'ambarlarga imon) 3. Adolat ilohi (Alloh adolatli zotdir) 4. Imomat (Ummatga yetakchilik qilish ilohiy mansabdir) 5. Maod (qiyomat va qayta tirilish) Shia mazhabida yuqorida sanab o'tilgan usullar e'tiqodning negizini tashkil etadi. Boshqa islomiy mazhablarining usul dinidan farqli shia aqoidida Adolat ilohiy va Imomat ham usullardan biri hisoblanadi. 9) Shialar imomlariga ishonadilar deb eshitganman. imom deganlari o'zi kim? shu haqda yozib yuborsangiz. oldindan rahmat.
javob:
Imom so'zi musulmonlar peshvosi va rahbari ma'nosini bildiradi. Shialar aqoidi usulida esa ma'sum imom deb har jihatdan payg'ambarning muoviniga aytiladi. Payg'ambar bilan imomning farqi faqat shundaki payg'ambar yangi maktabning muassisi ya'ni asoschisi bo'lsa, imom bu maktabni asrovchi va davom ettiruvchisidir. Payg'ambarlarga vahiy nozil bo'ladi, lekin imomga esa nozil bo'lmaydi, imom ilmini payg'ambardan o'rganadi va shuning uchun kuchli ilmiy qudratga egadir. Shialar ma'sum imomni faqat qaysidir davlat yoki hukumatning rahbari emas, balki islom jamiyatining ma'naviy, moddiy zohiriy va botiniy, siyosiy va iqtisodiy xullas har taraflama yetakchisidir. Ummatni adashishdan saqlash vazifasi yuklantirilgan Xudo tarafidan tanlangan shaxsdir. Lekin sunniylar imomatni bu kabi talqin qilmaydilar. Ularning aqidasicha imom faqat hukumatning raisidir xolos. 10) Nima uchun musulmonlar shia va sunniy mazhablariga bo'linib ketishgan? Axir Qur'on va payg'ambarimiz bittaku?!
Javob:
Hazrat payg'ambarimizdan keyin musulmonlar ikki guruhga bo'linib ketishdi. Bir guruh payg'ambarimiz o'zlaridan keyin o'rinbosar tayinlab ketmaganlar va ummatga o'zlari uchun rahbar saylab olishnni aytganlar deb etiqod qilsa. Ikkinchi guruh esa ummat rahbari payg'ambar kabi ma'sum pok bo'lishi kerak va shuning uchun Xudo tarafidan payg'ambarimiz tillaridan aniqlab ketilgan deydilar. Birinchi guruhga "ahli sunnat" ikkinchi guruhga esa "imomiya" yoki "shia" deyiladi. 11) “SHIA “DEGANDA NIMANI TUSHUNISH KERAK?
Javob:
S hi'a†arab tilida “tobe'†yoki tarafdor degan ma'noni bildirib, Qur'onda hz. Ibrohimni Nuhning shiasi deb aytilgan. (Saffot surasi 73-oyat): shia deganda musulmonlarning shunday bir guruhiga aytiladiki, ularning etiqodi bo'yicha, Rasululloh(S.A.O.V) o'zlaridan keyin o'rinbosar ya'ni xalifani tayinlab ketganlar. Masalan, Zulhijja oyining 18-kuni G'adir Xum degan yerda jami musulmonlarning ko'z o'ngida o'zlaridan keyingi siyosiy, diniy, ilmiy rahbarni tayin qilib ketganlar.
|