Diniy savollar2. Ijtimoiy va axloqiy masalalarda rahbarga bo'lgan ehtiyojimiz. Hammamizga ma'lumki vujudimizda aql va tafakkurdan tashqari g'ariza va moyilliklarimiz bordir. Masalan, o'zni yaxshi ko'rishlik g'arizasi, g'azab g'arizasi, shahvoniy g'arizalar va boshqa shunga o'xshagan g'arizalar. Beshak agar biz bu g'arizalarimizni jilovlamasak, aqlu-fahmimiz bularning asiriga aylanadi. Tarixdan ma'lum bo'lgan sitamgar va zolimlar o'z g'arizalarini jilovlamaganlari uchun vahshiy bo'rilar kabi va hatto ulardan ham xatarliroq edilar. Axloqimiz tarbiyalanishi uchun murabbiyga muhtojdirmizki, ular bizlarga aytganlari, qilganlari bilan har taraflama namunadirlar. Komil va tarbiyalangan inson har tarafdan zarurdir. U bizlarni fasodga to'lgan bu dunyoda qo'limizdan tutib to'g'ri yo'lga bizlarni hidoyatga boshlaydi, g'arizalarga qarshi kurashish yo'llarini bizga ko'rsatadi, axloqi bilan dilimizni poklaydi, mard va jasur bo'lishlikni o'rgatadi, kechirimli va muruvvatli bo'lishni amalda ko'rsatadi, pokdomonlik va ruhimizni parvarishlaydi. Ana shu aytilgan og'ir vazifalarni begunoh payg'ambarlardan o'zga kim o'tashi mumkin? Shuning uchun rahmli va mehribon Alloh bizni payg'ambarlaridan mahrum qilmagandir. 7) ozi nima uchun Xudo haqida o'ylaymiz?
javob:
Savolingizga to'liqroq javob berishga harakat qilamiz. umid qilamizki, javobni diqqat bilan o'qib chiqib tegishli xulosalar chiqarasiz. 1. Dunyoning yaratilishi haqida bilishga intilish fitratimizda bordir. Har bir inson quyidagi savollarga javob olishni istaydi: bu bepoyon osmon va uning zebo yulduzlari, bu keng zamin va undagi go'zalliklar qayerdan kelgan? Bu chiroyli manzaralarning mohir rassomi kimdir? Men o'zi qayerdan keldim? Qayerda va nima uchun yashayapman? Qayerga ketajakman? Yuqoridagi savollarning oxirgi uchtasiga javob topa olsak naqadar xushbaxt bo'lar edik. Bizning hamma narsani bilishni yoqtiradigan ruhimiz bizgaâ€‌ orom o'tirmay javobini topâ€‌- deb undayotganday bo'ladi. Ba'zan yo'l harakati hodisasiga uchragan haydovchini kasalxonaga eltib qo'yishganida bir oz o'ziga kelgan haydovchi birinchi so'raydigan narsasi “ Men qayerdaman? Nega meni bu yerga keltirishdi? Bu yerdan qachon ketaman?â€‌ 2. Shukr qilish hissiyoti Faraz qilingki, sizni obruli bir xonadonga mehmondorchilikka da'vat qilishdi. U yerda sizning rohatingizni o'ylab hamma narsani taht qilib qo'yishgan bo'lsa, lekin siz bu ziyofatga akangiz orqali taklif etilgan bo'lib uy egasini yaxshi tanimaysiz deylik, u holda sizni shunchalik izzat-ikrom bilan kutib olgan xonadon sohibini tanib unga minnatdorchilik izhor qilishni istashingiz tabiiydir. Xuddi shunday biz insonlar ham bu dunyodagi nozu-ne'matlarga to'la dasturxonning mehmoni ekanmiz , eshitguvchi quloq, ko'ruvchi ko'z, aql-hush, kuch-qudrat, turli pok pokiza rizq-ro'z sohibi bo'lar ekanmiz bu ne'matlar sohibini tanishni istaymiz va unga o'zimizning minnatdorchiligimizni bildirib qo'ygimiz keladi. 3. Zarar va foydani o'zaro solishtirish: Faraz qilingki siz bir yo'lovchisiz. Chorrahaga yetib kelganingizda har tarafdan bu yerda to'xtab turma, yur- degan ovozlar eshitilib turibdi, zero u yerda turmoq xatarlidir. Lekin shu bilan birga hamma o'zi turgan tarafga chaqirib u yo'lning eng yaxshi ekanligini aytadi. Shunday bir holatga tushib qolganimizda o'zimizga “Qaysi yo'l bilan bo'lsa ham ketaverâ€‌ deb ayta olamizmi? Yoki aqlimizga usha yerda qimirlamay turish kerak, degan fikrni sig'dira olamizmi? Albatta, yo'q! Qaytanga aqlimiz bizga tezroq surishtirib har bir tarafning aytganlarini tarozuga solib keyin bir to'xtamga kelish kerakligini buyuradi va tanlagan yo'limizdan olg'a ketmoqni amr qiladi. Bu dunyodagi hayotimiz ham xuddi shunga o'xshagan holatni boshdan kechiradi. Turli xil mazhab va firqalar bizni o'z tarafiga chaqiradi, lekin bizning baxtli yoki baxtsiz bo'lishimiz, taraqqiy etishimiz yoki tanazzulga uchrashimiz- hamma hammasi bizning qaysi yo'lni tanlaganimizga chambarchas bog'liqdir. Bu ham bizni mutolaa qilib haqiqatni topishga undaydigan muhim omillardan biridir.
|