Hazrat oyatulloh uzmo hoj sayyid Ali Husayni Sistoniyc); ustozlik-buyuk sharaf Albatta dars berish bu faqat ishlab pul topish emas, (albatta dars berib tirikchilik qilish yomon emas, faqat pul topish asosiy maqsad bo`lmasligi kerak ) balki munosib shogirdlarni tarbiyalashdir. Kurmaksiz guruch bo`lmaganiday , ba`zida shunday ustozlar uchraydiki jonkuyarlik qilmay, faqat ma`lum darslarini beradilar va boshqa ishlarga beparvodirlar. Shuni ham aytish kerakki, oyatulloh Hakim va oyatulloh Xu`iylar Sistoniyning ustozlari bo`lib, odob-axloqlari bilan tanilgandilar. Sistoniydagi axloqiy fazilatlar ustozlaridan o`tgan bo`lsa ajab emas. Oyatulloh Sistoniy o`z shogirdlariga ustozlari haqida bo`lgan voqealarni so`zlab berishni xushlaydi va ulardan ustozlari kabi oliyjanob bo`lishlarini tilaydi. d); Parhezkorlik va taqvo. Ma`lumki, ba`zi ulamolar da`vo yo`li bilan haqiqatni barqaror qilmoqchi bo`lsalar, boshqalari esa da`vodan uzoqroq yurishni xushlaydilar. Oyatulloh Sistoniy bu borada fitnalar va janjallar kuchaygan paytda sukutni ixtiyor qiladi. Hamisha ilmiga yarasha amal qilishga harakat qiladi, bu bilan ko`pchilikning hurmatiga sazovorbo`lgandir. Oyatulloh Burujerdiy va Oyatulloh Hakim (A.r.q) vafot qilishganida ularning munosib o`rinbosari bo`ldi, lekin mansablarini egallashga intilmadi. Oyatulloh Sayid Abul-qosim Xuiy bemor bo`lganida oyatulloh Sistoniy ustozini ko`rgani bordi, shunda oyatulloh Xu`iy shogirdiga uning o`rniga "Hazro" masjidida imomlikni taklif etadi, (1409-yil 29 Robius-soni), lekin u bu taklifni rad etdi. Lekin oyatulloh Xu`iy shunday dedi: Agar qo`limdan kelsa edi, xuddi ustozim Ho jog`o Husayn Qumi kabi zo`rlagan bo`lure dim. Shundan keyin oyatulloh Sistoniy o`ylab ko`rish uchun muhlat so`radi va 1409-yil 5-Jumadil- avvaldan boshlab imomlikni qabul qildi va 1414-yilning Zulhijja oyigacha davom ettirdi. (masjid "Hazro" yopilguncha). Hazrat 1384, 1405 va 1406-yillarda Haj ibodatini ado etgan. Oyatulloh Sistoniyning marja`iyyati. Najaf Ashraf havzasining ba`zi ustozlari Oyatulloh Xu`iy dan oyatulloh Sayid Nasrulloh Mustanbidning vafotidan so`ng iltimos qildilarki, o`ziga munosib o`rinbosarni ta`yinlab bersin. Shunda oyatulloh Xu`iy oyatulloh Sistoniyni tavsiya qilgan edi. Hazrat oyatulloh Xu`iy vafot qilganida iyatulloh Sistoniy janoza namozlarini o`qidi. Oyatulloh Xu`iyning munosib davomchisi oyatulloh Sistoniy ustozining minbaridan turib turli fatvolar berib kelyapti. Masjid "Hazro" dan turib taqsimotlar, dars va musulmonlarning turli masalalarini hal qilib kelyapti. Hozirgi davrda hazrat oyatulloh Sistoniyning shuhrati Iroqda, fors ko`rfazi davlatlarida, Hindistonda, Afrika davlatlarida ko`plab tarafdorlari bor. Mashur ulamolarning guvohlik berishicha, hazrat Sistoniy ilmda "a`lam" darajasiga yetgandir. Alloh taolodan duo qilib so`raymizki, Buyuk alloma hazrat oyatulloh uzmo Sistoniyning umrini uzoq va barakotli qilsin! Omin, yo robbul olamin!
|