Hazrat oyatulloh uzmo hoj sayyid Ali Husayni Sistoniy



1371-yili hazrat Sistoniy Najafga keladi.

Undan oldin imom Husaynning 40 kuni Karbaloda bo`ladi. Najafga kelganda Baxoroi madrasasiga kiradi. U yerda oyatulloh Xu`iy shayx Helliy  kabi ustodlardan Fiqhni va Usulni, shuningdek oyatulloh Hakim va oyatulloh Shohrudiy huzurlaridan ham bahramand bo`lgan.

1380-yilda vatani Mashhadga u yerda qolish niyati bilan qaytadi. Lekin ustozlari oyatulloh Xu`iy va shayx Husayn Helliy tarafidan maltub kelib, unda ustozlari sistoniyga “Ijtihod” darajasi unvonini berishganliklari xabarini yetkazishgan edi.

Shuningdek, buyuk muhaddis Og`o Buzurg Tehroniy ham o`z tarafidan shogirdi Sistoniyga “Rijol ilmi va Hadis”da yetuklik guvohnomasini beradi.

1381-yili hazrat yana Najafga qaytadi. U yerda Xorij darsini bera boshladi.

1418-yilda Ro`za kitobini yozib tugatgandan so`ng, “e`tikof’ kitobini yozishga kirishdi.

Shuningdek bu muddat ichida Qazo, Ribo, Ilzom qoidasi, Taqiya qoidasi kabi fiqhiy ishlar olib bordi.  Va ilm “Rijol” bobida Ibn Umayrning marosillarining hujjatga kiritilishi,  “Mushayxatul tahzibin” ning sharhini ham yozib tugatdi.

1384-yili Sha`bon oyidan boshlab hazrat “Usul” bahslarini ham boshlab yubordi.

1411-yil sha`bon oyida 3-davra tadrisni tugatib, shu lunlarga qadar Usul va Fiqh bobida  (1397-yildan boshlab yozib olingan kassetalari hozirgacha saqlanib qolgan) bahs olib boryapti. Hozirda Zakot va sharh Urvatul vusqa dars beryapti.

Ilmiy yetuklik



back 1 2 3 4 5 6 7 next