Hazrat oyatulloh uzmo hoj sayyid Ali Husayni SistoniyHazrat oyatulloh uzmo Sistoniy o`z ustodlaridan ilm cho`qqilarini egallashda safdoshlari orasida o`zining iste`dodi bilan ajralib turar edi. Sistoniy darslarni yaxshi o`zlashtirish bilan birga tahqiqotlar olib borar, turli oqim va firqalarning nazariyalarini taqqoslar , bir so`z bilan aytganda boshqalardan faolligi bilan ajralib turar edi. Shuni ham aytish kerakki, oyatulloh Sistoniy va shahid Sadr orasida ilmiy raqobat mavjud edi. Sistoniy alloma Helliydan Ijtihodi uchun fat vo olgan edi. Va ma`lumki hazrat Xu`iy ikki nafardan boshqasiga guvohnoma bermagan edi. Biri- Sistoniydir, va ikkinchisi esa- mashhadlik alloma shayx Ali Falsafiydir. 1380-yili shayx Og`o Buzurg Tehroniy ham Sistoniyga guvohnoma bergan edi. “Rijol†va “Diroua†ilmida yuqori martabaga erishdi, vaholanki, u davrda Sistoniy endigina 31 yoshda edi. Mualliflik va fikriy dasturlari Bundan qariyb 34 yil avval xazrat Sistoniy Xorij fiqh, Usul, Rijol ilmlaridan dars berishni boshlagan edi. Shuningdek Makosib, Tahorat, Namoz, Qazo, Xums, Ribo, Taqiya masalalarini yoritib bergan. Usul bo`yicha uch davrani tamomlagan bo`lib, ilmiy usul va taodul, Tarojih, Namozning ba`zi boblari , Taqiya qoidalari va ilzom, nashr uchun tayyorlanib, chop bo`lish arafasidadir. Mashur fuzalolardan hisoblanmish shayx Mahdi Marvarid, alloma Sayid Murtazo Mehri, alloma Sayid Habib Husaynon, Sayid Murtazo Isfahoni, alloma Sayid Ahmad Madadi, alloma shayx Bog`ir Irvoni va boshqalar alloma Sistonining bahslariga murojaat qilganlar. Hozirda oyatulloh Sistoni dars berish bilan birga kitob yozish bilan ham mashg`uldir. Hazratning bahs va tadris qilish usullari Oyatulloh Sistoniy dars berish uslubi boshqa mudarrislardan farq qiladi. Masalan Usul bahslarida quyidagicha uslubni qo`llaydi; a); O`tilayotgan bahsning tarixi va uning asoslarini qayd qilib o`tadiki, bu darsni o`zlashtirishda yengillik yaratadi. Aqidaviy va soyosiy masalalarda , masalan taodul va tarojih bobida shunday degan:
|