Hazrat oyatulloh uzmo hoj sayyid Ali Husayni Sistoniy



Ko`pchilik havzadagi ustodlar izlanuvchanlik va yangiliklarni dars jarayonida  qo`shishni yoqtirmaydilar, va faqat kitob chetidagi izohlarni sharhlash bilan chegaraladilar. Lekin Sistoniy dars berish uslubida izlanuvchanlik xususiyati yaqqol namoyon bo`ladi.

e);  keng qamrovli yondashuv

Ba`zi faqihlar matnlarni faqat lafziy tahlil qiladilar. Boshqacha aytganda , ular o`zlarining vazifasi deb faqat so`zlar tarjimasini o`ylaydilar. Ba`zilar esa hadisni atroflicha o`rganib so`ng hukm chiqaradilar. Masalan, Xaybar g`azotida Rasululloh (S.A.O.V)  eshak go`shtini  harom deb e`lon qildilar. Buni bir yoqlama qaragan ba`zi faqihlar eshak go`shtini mutloq harom biladilar, vaholanki, Xaybar g`azotida yahudiylar bo`lgan og`ir jangda musulmonlar aslaha va ulovga muhtoj bo`lishgan, shu sababli Payg`ambar (S.A.O.V)  eshak go`shtini vaqtinchalik harom qilganlar.

j);  istinbot qilishda Diroyat ilmi

oyatulloh uzmo Sistoniyning aqidasiga ko`ra, faqih arab tili grammatikasi, kinoyalari, she`rlarini yaxshi bilishi kerak.  Matnning mavzusiga, nafaqat zotiga ahamiyat berishi kerak.

Uning aqidasicha, biron roviyning shaxsiyatini aniqlash uchun, uning hadisini “mursal” yoki “musnad” deyishda tabaqot ravishining sahihligiga ishonish kerak , bu nazariya ayni oyatulloh Burujerdining nazariyasiga muvofiqdir.

g);  Ahli shirk bilan nikoh joiz;

oyatulloh Sistoniy “tazohum” nomli qoidani ki  uni usul va fiqh olimlari aqliy qoida deb biladilar,”iztiror” qoidasi deb biladiki, bu qoida shar`iy hisoblanadi. Masalan, Xudovand harom qilgan hamma narsa iztiror paytida halol bo`lishi qoidasidir. Darhaqiqat “iztiror” bu “tazohum”dir.

f);   Turli firqalarni muqoyasa qilish.

Ma`lumki, ko`pchilik olimlar masalani yoritishda bir maktabning nuqtai nazaridan kelib chiqadilar. Lekin hazrat Sistoniy bu toifa olimlardan emasdir. U Mashhad, Qum, Najaful ashraf olimlarining ra`ylarini ham o`rganib chiqib, xulosaga keladi. Mirzo Mahdi Isfahoniy (Mashaddagi mashhur olim), oyatulloh Burujerdi (Qumdagi buyuk olim), oyatulloh Xu`iy, Husayn Helliy(Najaf) o`zaro taqqoslar edi. Bu uslub o`z navbatida olimning dunyoqarashi va tafakkurini kengaytirishga sabab bo`ladi.



back 1 2 3 4 5 6 7 next