Hazrat oyatulloh uzmo hoj sayyid Ali Husayni Sistoniy1- shi`a va boshqa mazhablar fiqhini o`zaro solishtirish borasida. Sistoniyning aqidasicha u o`z mazhabidan tashqari boshqa mazhablar aqidasi bilan ham tanish bo`lish kerak. Masalan, Molikning “Muvattoâ€, Abu Yusufning Xiroj†kitoblarini tahlil qilib chiqqan va aytishicha biz u yerdagi hadislarni bizniki bilan solishtirish imkonini beradi. 2- fiqhiy bahslarda huquqiy masalalardan foydalanish, masalan Iroq Misr, Fransiya davlatlarining konstitusiyalarini o`qib chiqib “Kitob ba`y va xiyorotâ€ni yozdi. (Ya`ni savdo va muomala kitobini), chunki unda insonlarning qonun tuzishdagi kamchiliklarni tahlil qilish (konstitusiyalarni o`qib chiqqach) osonroq kechadi. 3- Ba`zi fiqhiy ulamolar fiqhiy masalalarda yangilikdan ko`ra bor manba`lardan foydalanishniafzal bilishsa, oyatulloh Sistoniy esa yangicha yondoshishni xush ko`radi. Masalan, Ilzom†qoidasini ba`zi faqihlar “maslahatâ€sifatida qarashadi. Ya`ni o`z mazhabida javob topolmagan masalalarni boshqa mazhablardan olishadi, garchi bu mazhablar ularning mazhabi bilan sozgor bo`lmasa ham. Lekin Sistoniy bu qonunni to`g`ri deb hisoblamaydi, uning fikricha har bir mazhab va uning qonunlariga hurmat ko`rsatish vojibroqdir. Xuddi á˜á Þæã ä˜Çà har bir qavmning o`ziga xos nikohi bo`ladi Oyatulloh Sistoniyning o`ziga xos fazilatlari Oyatulloh Sistoniy bilan yaqindan hamsuhbat bo`lgan har bir kishi haqiqatan ham u kishining namunaviy axloq egasi ekaniga ishonch hosil qiladi. a); Boshqalarning fikri bilan hisoblashish va hurmatini saqlash. Azbaroyi ilm oshig`i bo`lgani uchun kuchli iroda bilan ilm cho`qqilarini egallash uchun sa`y qiladi, shuningdek boshqa nazariya sohiblariga hurmat ko`rsatadi, qo`lida hamisha kitobi bo`ladi, hech vaqt ulamolarning ra`yidan g`ofil qolmaydi, ba`zan hatto unchalik mashhur bo`lmagan olimlarning ra`ylarini ham erinmay mutolaa qilib chiqadi. b); Ilmiy bahs va munozaralardagi adab Ma`lumki, ba`zan ilmiy bahs va munozaralar keskin va qizg`in tortishuvlar bilan o`tadiki, (ayniqsa Najaful-ashraf madrasasida ), bu narsa ba`zi talabalarni to`g`rib ahs yuritishdan uzoqlashtiradi. Garchi bunday tortishuvlar foydadan holi bo`lmasa ham lekin odob yuzasidan maqbul emasdir. Oyatulloh Sistoniy bu jihatdan olib qaraganda avvalo shogirdlarining o`zaro hurmat-ehtiromga asoslangan bahs qilishlarini talab qiladi. O`zi ham hatto unchalik asosli bo`lmagan nazarlarni ham sabr bilan eshitib munoqasha qiladi. Shogirdlari biron narsa so`rashsa javobini bir necha takrorlaydi.
|