Hazrat oyatulloh uzmo hoj sayyid Ali Husayni Sistoniy



Hazrat Oyatulloh Sistoniy hijratning 1349-yili Robiul-avval oyining 9-kuni muqaddas Mashhad shahrida dunyoga kelgan. Otasi yaxshi niyat bilan unga bobosining isminini qo`ydi. Ya`ni unga Ali ismini qo`ydi.

Otasining ismi- Sayyid Muhammad Bog`ir, bobosining ismi esa Sayyid Ali bo`lib, u o`z davrining yetuk ulamolaridan biri bo`lgan. Bu haqda marhum shayx Og`o Tehroniy o`zining “Tabaqot  shi`a” kitobida (4-qism, 1432-bet) qayd etib o`tgan. Unda yozilishicha, Sayid Ali Najafda Mavlo Ali Nahovandining, Somiroda Mujaddad Shiroziyning , keyinroq esa Sayid Ismoil Sadrning xos shogirdlaridan biri bo`lgan.1308 yilda Mashhad shahriga qaytib keladi va u yerda shayx Muhammad Rizo Ol Yosinga shogird bo`ladi.

Sistoniylar sulolasi Imom Husayn shajarasidan bo`lgani uchun Safaviylar davrida  sulton Husayn Safaviy bobosi Sayid Muhammadni Siston mintaqasiga “shayxul-Islom” qilib tayinlagan. Ajdodlaridan birinchi bo`lib Sayid Ali Mashhadga qaytib borgan edi va u yerda Mullo Muhammad Bog`ir Sabzavoriyning madrasasiga kiradi.

Hazrat 5 yoshlik chog`idanoq Qur`oni Karimni o`rganishga kirishgan edi.

1360-yildan boshlab otalarining iznilari bilan diniy ilmlarni egallashga kirishadi.

Adabiy ilmlardan “Sharhul-fiyh ibn Molik” Mag`ni ibn Hishom, Maqomot Hariyrini buyuk alloma adib Nishopuriydan , Sharhul-lu`ma va qavonin”ni ustod Sayid Ahmad Yazdiy,  “Makosib va rasoil va kifoya”ni ustod Hoshim Qazviniydan o`rgangan edi.

Ba`zi falsafiy kitoblarni , shuningdek Manzumai Sabzavoriyni, “Sharhul ashroq va asfor”ni marhum olim Oyisiyning qo`li ostida o`rgandi. “Shavoriqul – Ilhom”ni shayx Mujtabo Qazviniydan o`rgandi.1365-yilda alloma Muhaqqiq Mirzo Mahdi Isfahonining darslaridan ham bahramand bo`ldi.1368-yili muqaddas Qum shahriga hijrat qildi. U yerda Oyatulloh Burujerdidan Fiqh va Usul sirlarini egalladi. Ilm Rijol va Hadis ilmlarini alohida ishtiyoq bilan o`qidi hamchunin alloma Sayid Hujjat Kuhkamariydan ham fiqhiy ilmlarni o`zlashtirdi.

Qumdalik chog`ida Sayid Ali Bahbahoniy (buyuk olim bo`lib, Ahvozda yashagan edi) bilan xat yozish orqali ilmiy mubohasa olib borgan. Bu bahslarda bu ikki olim o`zlarining ustozlari nazariyalarini yoqlab chiqqan edilar. Sistoniy shayx Muhaqqiq Tehronini yoqlagan bo`lsa, Bahbahoni esa o`z ustozini yoqlagan. So`ng esa Bahbahoniy Qum shahriga kelishini va u yerda bahsni davom ettirajagini bildirdi.

Vaqt o`tishi bilan Bahbahoni Sistoniyga noma yozib, unda o`z minnatdorchiligini izhor etadi.



1 2 3 4 5 6 7 next