IBRATLI HIKOYALARwww.hidoyat.com |
|
|
Jamoli osmondagi to'lin oy kabi bir shoh bor edi. Dunyodagi barcha mohpaykar go'zallar unga sipoh erdilar. U esa ularning shohi edi. Uning qomatidan sarv ham hijolat tortar, orazidan quyosh ham sharmanda bo'lar edi. Olamni uning go'zal yuzi ovozasi tutgan edi. Hamma o'sha halok qiluvchi husnni ko'rishga oshiqardi. Uning husnining g'avg'osi olamni tutib, ishqining yag'mosi jon ichra tutashgan edi. Jahonga shunchalik chiroy baxsh etuvchi bu husn egasi bundan yuz ming marta ortiqroq nozu istig'noga ham ega edi. U goho maydonga ot o'ynatib chiqib qolgudek bo'lsa bormi, oldiga kelgan kishi uning husnini ko'rgan zahotiyoq jon taslim etardi. Shu tarzda u javlongohdan sayr etib chiqquncha yo'li halok bo'lgan el bilan tirband bo'lib ketar edi. Xususan, husnidan bu olamda g'avg'o, zulmidan jon mulkiga talon-toroj ko'p tushgan edi. “Lisonut-tayr†(Alisher Navoiy)dan. |
Hunarsiz pahlavon |
|
|
back | 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 | next |