IBRATLI HIKOYALAR

www.hidoyat.com

 

Xurosonda bir barno yigit bor edi, husnda go‘yo to‘lin oy edi. Yusufday xushchiroy bu yigit qazoi taqdirdan bo‘lib, chohga yiqilib o‘ldi (Yusufni Allohi haq taoloning farishtalari asragan edi, lekin xurosonlik bu chiroyli, nodir yigitni asrashni hech kim so‘ramagan edi). Yigit chohga yiqilganida, uning ustiga tuproq to‘kildi, oqibat bu inson tuproq bilan baravar bo‘ldi. Uning holi va ro‘zgori o‘zgardi, ishi mushkullanib, qoni yelga sovrildi.
Bu xushsiyrat, sohibjamol yigitning ismi Muhammad bo‘lib, unga ikki dunyo bir qadam bo‘dtsi (Shunday aziz nomi ham uni ajaldan qutkarolmadi).
Otasi bu ahvolni ko‘rib dod soldi:
- Ey, farzandim, ko‘zimning nuri, jonu jahonim, ey Muhammad, bir lahzagina lutf aylab, bir og‘iz so‘zingni aytib ket! So‘zla, Muhammad, so‘zla, farzandim.
Ammo hech bir inson bu xitobga javob bermadi. Shunday deb, ota ham jon berdi.
Dunyoning bunday ishlaridan kuyib-yonmagin, ey sohibnazar solih. To Muhammad so‘zladi, odam ham kuyib-yondi. Bu so‘zlarni (oyatlarni) Odam ato ham, uning zurriyodi — avlodlari ham so‘zladilar. Haqtaolo nomini juz’iyot (barcha) ham so‘zladi. So‘zladi devu pari, inson, malak. So‘zladi tog‘, zamin, daryo, falak. Yuz minglab insonlar tani xok-tuproq bo‘lishini bilib, so‘zladilar. Bu so‘zlarni (oyatlarni) aytgan yuz minglab insonlarning joni poklandi.

"Mantiqut-tayr"dan (Fariduddin Attor).

Oshiq ma’shuqini o’ldirishga qasd qilgani hikoyati

 

Bir sohib kamol, olihimmat odam bor edi, u bir sohibjamolga oshiq bo‘lib qoldi. Taqdir taqozosi bilan ma’shuq og‘ir dardga chalindi, ozib-to‘zib rangi za’faronday sarg‘aydi. Ravshan qunlarda ham ko‘ngli zim-ziyo, qorong‘i edi. Dard uni qiynar, o‘limi yaqinlashib borardi. Bu haqda oshiqqa xabar yetkazdilar. Oshiq bu xabarni eshitib, qo‘lida pichoq bilan ma’shuqa qoshiga yugurib keldi va dedi:
- Nigorim o‘z ajali bilan o‘lmasin uchun men uni o‘z qo‘lim bilan o‘ldirmoqchiman.
Odamlar unga dedilar:
- Jinnimisan, bunday qotillikda nima hikmat bor? Behudaga qon to‘kma, qo‘y bu ishni, uning umri oz qoddi, hademay joni uziladi. O’likni o‘ldirishdan nima foyda, o‘likning boshini faqat ahmoq johillar kesadi.
Oshiq dedi:
- Agar yorim mening qo‘limda o‘lsa, qiyomat kuni, barchangiz go‘rdan turib, mahsharga to‘planganingizda ko‘rasiz, o‘zim o‘chirgan bu sha’mni yoqaman va do‘zax otashida yonaman. Mayli, odamlar meni so‘xta va qotil deb atayverishsin, bu joyda ham, u joyda ham bari bir yonaman.
Jonboz oshiqlar har ikki olamda baxtga yetisholmaydilar, qo‘li qisqa bo‘ladilar. Lekin ular bu dunyoda sevganini oradan ko‘tarish bilan dili bu dunyoning barcha tashvishlaridan ozod bo‘ladi. O’z qo‘li bilan o‘z jonini yo‘q qilgan odam oxiratda xilvatda o‘z jonini topadi. Yor bilan xilvatga yetishgan odam jumla olamning barcha sirrini ham kashf eta oladi.
Agar mardlarda talab paydo bo‘lmasa, bunday xilvatga yetisholmaydi.

"Mantiqut-tayr"dan (Fariduddin Attor).

 



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 next