IBRATLI HIKOYALARwww.hidoyat.com |
Basra shahrida bir ochko'z kishi bor edi. U nodonlik bilan oltin-kumush yig'ishga mukkasidan ketgan edi. Hotam Toy sahovat va karam ko'rsatishda qancha nom qozongan bo'lsa, u dinor va dirham yig'ishda undan mashhurroq edi. Ushbu xasis va pastkash kishi ko'p mashaqqat chekib bitta-bittalab kumush yig'ar edi. U katta bir xazina to'plagach, ularni yer tagiga ko'mdi. Bu tubantabiat yana shunga teng keladigan boylikni to'niga gir aylantirib tikib olgan edi. Yashirgan behisob oltinlari o'sha shum hirsli kishining ko'ziga hatto kunduz kunlari ham osmonda yaraqlagan yulduzlar kabi ko'rinar edi. U o'zicha, tanimga quvvatgina emas, balki jonimga sihat ham ana shu oltinlarim tufayli, deb o'ylardi. “Lisonut-tayr†(Alisher Navoiy)dan | |||
Zolim podshoh va ikki devona |
|
| ||
Bir zolim podshoh bo'lib, u doimo mast-alast yurar, nihoyatda behayo, bosqinchi va qonxo'r edi. Harom nafsi uni har xil yomon ishlarga buyurar, u esa hech bir bo'yin tovlamay, ularni bekamu ko'st bajarardi. “Lisonut-tayr†(Alisher Navoiy)dan. |
Husnini namoyish qilishga ko'zguni vosita qilgan shoh
|