IBRATLI HIKOYALAR

www.hidoyat.com

 

Bir odam Chin tog‘ida toshga aylandi. Har zamon ko‘zidan zaminga yosh oqizardi. Zor-zor ko‘z yoshlari ham zaminga to‘kilardi va toshga aylanardi. Shunday toshlarki, agar bu toshlar bulutga aralashsa, undan nadomat jalasi yog‘ilardi, bu odam Chinda mashhurdir, borsang izlab topgin. Bu odam ilm haykali edi. Lekin ilm himmatsiz odamlarning qo‘liga tushsa, ilm undaylarning qo‘lida mo‘minlar uchun kofir qo‘lidagi tosh kabi kulfat keltiradi.
Aslida bu dunyo mashaqqatli tor bir saroydir. Bunday tor va qorong‘i joydan qutulish uchun ilm chirog‘i senga rahnamo bo‘lsin. Ilm javhari senga jonfizoy (jonbaxsh) bo‘lib, yo‘l qo‘rsatadi. Agar sen ilmsiz bo‘lsang, boshdan-oyoq qorong‘ilikda qolasan. Jahongir Iskandar (ustozi Arastudan uzoqlashgani sababli) rahbarsiz qoldi (va fojeaga uchradi).
Agar sen ilm javhari atrofida aylanaversang, uni topmasang ham, pushaymon bo‘lmaysan, xushnudlik topasan. Oxiratda baxtsiz bo‘lgandan ko‘ra bu dunyoda yomon ishlardan pushaymonlik topish ham yaxshidir.
Bu dunyoda ham, u dunyoda ham jon faqirdir. Bilsang, bu dunyoda jon-ruh g‘arib va u dunyoda tan zaifdir. Shu zaifliqdan qutulishni istasang, g‘arib ruh yashayotgan joydan tashqariga chiq (tog‘u dashtlarga chiq), ana shu joylar xos odamlarning joyidir*.
Agar ana shu xoslar manziliga yetsang, har qadamingda, har nafasda yuz turli sirlarga oshino bo‘lasan. Mabodo bu yo‘lda senga nasiba yetsa o‘zliging (manmanliging) yo‘qolib, boshingdan oyog‘inggacha navha-yig‘iga aylanadi. Kechayu qunduz shubhali taom yeyishdan sakdan.
Talab vodiysida neni izlayotganingni ravshan bil, kamlikni, kamtarinlikni talab qil. Kunduzi kam ye, kechasi kam uxla. Shunda o‘lsang ham go‘ring nurga to‘ladi.

"Mantiqut-tayr"dan (Fariduddin Attor).

 

Xoja va uning sofdil g’ulomi hikoyati

 

Sirlardan voqif xojaning bir sofdil g‘ulomi, xizmatkori bor edi. U yarim kechadan to subh — erta tonggacha uxlamay, namoz o‘qib chiqar edi. Xoja unga dediki:
— Ne kor qilursan, oqshomdan to sahar o‘zingni bedor qilursan. To quyosh chiqquniga qadar namoz o‘qursan?
G’ulom xojasiga bunday javob berdi:
— Men sening darding ko‘shigini ko‘rib turibman. Dardi, g‘ami ko‘p odam har vaqg bedor bo‘ladi, xotirjam uxlolmaydi. Sening darding ko‘p, ertayu kech bedor bo‘larsan. Agar bir odam bedor bo‘lsa, boshqa odamlar ham unga bedorliqda hamkor bo‘lmog‘i kerak.
Agar kimdaki shu dard va shu hasrat bo‘lmasa, u mard odam emas, u bilan xok-tuproqning farqi yo‘q. Kimki o‘zgalar dardini baham ko‘rsa, bunday odamda do‘zaxga tushamanmi yoki behishtga boramanmi, degan tashvish ham bo‘lmaydi.

"Mantiqut-tayr"dan (Fariduddin Attor).

 

Bir erkakning ma’shuqasidan ayb topgani

 

Bir sheryurak, dushmanlar dodini beradigan er kishi bor edi, bir necha yil bir ayolga oshiq bo‘lib yurdi. Ul ayolning bir ko‘zida tirnoq uchiday kichkina oq nuqtasi bor edi. Ayolga ko‘p marta diqqat bilan qaragan bo‘lsa ham bu oqlikdan erkak bexabar edi. Oshiq boshi ishq shavqi qiyomida yor ko‘zining aybini ilg‘armidi?
Bir vaqt erkakning ayolga nisbatan ishqi kamaydi, oshiqlik dardiga darmon topilganday, ayolga bo‘lgan muhabbatida nuqson paydo bo‘ldi. Ayolga boshqacha qo‘z bilan qaraydigan bo‘ldi shekilli, uning ko‘zidagi oq dog‘ni ilg‘ab qoldi. U ayolga dedi:
- Ko‘zingdagi oq dog‘  qachon paydo bo‘ldi?
Ayol dedi:
- Sening muhabbating kamaygan kundan beri shunaqa bo‘ldi. Senda ishqaro nuqson paydo bo‘lgach, mening ko‘zimda ham shu sabab nuqson paydo bo‘ldi.
Ko‘nglingda vasvasadan ming g‘avg‘o bor. Avval o‘z aybingni ko‘r, ey ko‘ngil ko‘zi basir odam! Qachongacha boshqalardan ayb qidirasan, o‘z yoqangni hidlab, o‘z aybingni qidirsang-chi. O’z aybing o‘zingga ayon bo‘lib, og‘irligini sezsang, boshqalar aybiga parvo qilmaydigan bo‘lasan.

"Mantiqut-tayr"dan (Fariduddin Attor).

 



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14