Haqiqat izlagan uni topajak!Bor Xudoyo, guvoh bo`lginki, menga iymon keltirib tasdiqlaganlar Ali ibn Abi Tolibning rahbarligini ham tasdiqlashlari kerak bo`ladi, uning rahbarligi mening rahbarligimdir, mening rahbarligim esa Sening rahbarligingdir. 6. Rasululloh (S.A.O.V)xutbalarida shunday dedilar: Xaloyiq, fazlu-sharaf va rahbarlik Rasululloh (S.A.O.V) va uning zurriyotlaridandir. Sizlarning botil amallaringiz va bejo gaplaringiz zalolatga boshlab ketishidan qo`rqingizlar,- dedilar. 7. Rasululloh (S.A.O.V) shunday dedilar: Ummatimning har bir nasli uchun ahli baytimdan bo`lmish odil vakil bo`lajakdir. Adashish va zalolatning oldini to`suvchi , noto`g`ri tafsir va ta`vil qiluvchi johillarni inkor eturlar , shuni bilinglarki, rahbarlaringiz Allohning dargohidagi vakillaringizdir. Shunday ekan kimlarni o`zlaringiz uchun rahbar qilib olayotganingizga diqqat qilinglar. 8. Rasululloh (S.A.O.V) aytdilar: Qur`on va Ahli baytimdan o`zib ketishga harakat qilmanglarki halok bo`lajaksizlar, va orqada ham qolib ketmangizlarki, nobud bo`lasiz, ahli baytimdan o`rganingizlar chunki ular sizlardan ko`ra bilguvchiroqdirlar. 9. Rasululloh (S.A.O.V) aytadilar:
|