Haqiqat izlagan uni topajak!



Rasululloh (S.A.O.V) Hajjul vododan qaytayotganlarida “G`adir Xum” nomli yerda, Arafa kunida, Toifda, Madinada kasallik chog`larida , ya`ni ko`p yerlarda yuqoridagi ma`noni beruvchi haqiqatni bayon qilgan edilar.

Rasululloh (S.A.O.V) kasal bo`lgan chog`larida shunday dedilar:

Ey xaloyiq, yaqin kunlar ichida jonimni Egamga topshirurman va bu dunyoni tark etajakman. Oralaringizda qo`yib ketayotganimni sizlarga aytdim. Ogoh bo`lingiz uzrlaringizni qat qiluvchi narsalar: Qur`on va zurriyotlarimni qo`yib ketyapman.

So`ng Alining qo`lidan tutib tepaga ko`tarib:

To havzi Kavsarda uchrashgunimizgacha bu Ali Qur`ondan ajralmas, va Qur`on Alidan ajralmasdir.

Yuqoridagi hadislardan oladigan natija budirki, har kimki Qur`on va Ahli baytni mahkam ushlasa hech vaqt adashmasdir.

Boshqa hadis:

Bilib qo`yingizkim mening ahli baytim- Nuhning kemasi kabi najotbaxshdir. Kimiki unga chiqib olsa najot topguvchidir, va kimki ularga muxolif bo`lsa batahqiq g`arq bo`lajakdir.

Boshqa hadis:

Oralaringizdagi Ahli baytim bani Isroil uchun “Bobu Hitta”qanday qutqaruvchi bo`lsa xuddi shunday darajada najot berguvchidir.



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 next