Haqiqat izlagan uni topajak!Boshqa hadis: Osmondagi yulduzlar yer aholisi uchun hidoyat mayoqlari bo`lganidek, mening Ahli baytim dindorlarning osoyishtaligini ta`minlovchi posbonlardir. Arab qabilalaridaqn birontasi ular bilan ixtilof chiqarsalar (ahkomda) demak iblisning hizbi bo`libdilar. Ahli baytning Nuh(a.s)ning kemasiga o`xshatilishi ma`nosi budirki kimiki diniy masalalarda ularga itoat qilsa demak fitna va ixtiloflardan dinini najot bergan bo`ladi. Shuningdek, bani Isroil uchun “Bobu Hitta†mag`firat sababchisi bo`lganidek, islom ummatining Ahli baytga itoat qilgan guruhi Allohning mag`firat va rahmatiga noil bo`lajakligini anglatadi. Yuqoridagi keltirilgan hadislar mutavotir hisoblanadi. Agar sizni charchatib qo`yishdan qo`rqmaganimda edi, bundan ham ko`proq dalillar keltirgan bo`lur edim. HAQIQAT TALAB. Meni charchatish va yoki zeriktirishdan aslo cho`chimang va iloji bo`lsa ko`proq dalillar keltirsangiz. HAQIQATSHUNOS. Xo`p bo`ladi. Allohning madadi bilan sizga boshqa dalillarni keltiraman, inshaalloh. 1. Ibn Abbosdan naql qilinadi. Rasululloh (S.A.O.V) bunday marhamat qildilar:
|