Haqiqat izlagan uni topajak!



 Jannatga kiruvchilar va u yerda abadiy saodatdan bahramand bo`lguvchilar men kabi yashab va men kabi dunyodan o`tguvchilardir. Ular Alini mendan keyingi rahbar deb bilguvchilardir, uning do`stlarini do`st va dushmanlarini dushman bilguvchilardir. Undan keyin esa Ahli baytimning qolgan vakillariga iqtido qiluvchilardir. Ahli baytim mening ilmimdan meros olgan itratimdir, ummatimning qaysi bir vakili ularni yolg`onchiga chiqarsa yoki ular bilan ixtilofga boradigan bo`lsa – Alloh Taolo bu toifa odamlar uchun shafoatimni qabul qilmaydi.

2. Ziyod bin Mutrif

Rasululloh (S.A.O.V)dan rivoyat qiladi:

Kimki men kabi yashashni va o`lishni va jannatga kirishni   istasa Alini undan so`ng esa zurriyotlaridan bo`lgan imomlarni rahbar qilib tutsin. Chunki ular hech vaqt zalolat vodiysiga boshlamaslar, hidoyatdan o`zga yo`lga boshlamaslar.

3.  Zayd bin Arqam Rasululloh (S.A.O.V)dan naql qiladi:

Kimki men kabi yashab men kabi o`lishni istasa va jannatga noil bo`l;ishni orzu qilsa, Ali bin Abi Tolibni rahbar qilib olsin,  chunki u hidoyatga boshlar va zalolat vodiysiga boshlamas.

4. Ammor bin Yosir Rasululloh (S.A.O.V)dan naql qiladi:

Menga iymon keltirib meni tasdiqlaganlarga vasiyatim Ali ibn Abi Tolibni rahbar qilib olsinlar.  Kimki uni rahbari bilsa meni ham rahbar bilgan bo`ladi, kimki meni rahbari deb bilsa Xudoni rahbar deb bilgan bo`ladi. Kimki Alini sevsa meni sevsgan bo`ladi, meni yaxshi ko`rganlar esa Allohni sevajakdir.kimki Aliga dushmanlik qilsa menga dushmanlik qilgan bo`ladi, menga dushmanlar esa Allohga ham dushmandirlar.

5. yana Ammor Yosir rivoyat qiladi:

Rasululloh (S.A.O.V) aytdilar:



back 1 2 3 4 5 6 7 8 9 next